Kontent qismiga oʻtish

Gʻoʻzapoya masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gʻoʻzapoya masjidi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Gʻoʻzapoya masjidi (Sulton Said Jaloliddin meʼmoriy majmuasi)— X — XVIII-asrlarda Namangan viloyati Kosonsoy shahrida joylashgan masjid[1].

Muhammad Aminxoʻja Kosoniy Qoʻqon xonligi davrida olib borilgan koʻpgina qurilish ishlarida faol qatnashadi va oʻzi bir nechta binolar qurdi hamda qadimiy meʼmorlik obidalarini taʼmirlab, imoratlar peshtoqiga nozik harflar bilan tarixlar bitdi. Kosonsoyda yashab oʻtgan mashhur shayx va olim Sulton Sayyid Jaloliddin Samoniy xotirasiga qurilgan maqbarani Muhammad Aminxoʻja Kosoniy 1809-yilda taʼmirlangan[2].

Meʼmoriy majmua masjid, minora, uchta bir-biriga tutash maqbara, darvozaxona, hujralar va chillaxonadan iborat boʻlgan. Oʻlchami dastlabki masjid 10x8.30 metr, balandligi 6 metr. Toʻla qismi esa balandligi 2.40 metr boʻlib, qishki masjid hisoblangan.

Kosonsoyda yashab oʻtgan mashhur shayx va olim Sayyid Jaloliddin Somoniy xotirasiga qurilgan maqbarani Muhammad Aminxoʻja Kosoniy 1809-yili taʼmirlab, maqbara devoriga taʼmirlash tarixini nazm bilan bitib qoʻygan. XX asrning 30 yillari tuman hududini tadqiq qilgan rus olimi B.Ye. Zasipkin maqbara tarixini ham oʻrgangan. U maqbaraning ayrim qismlaridan namunalar hamda maqbaraga tegishli baʼzi qoʻlyozma va hujjatlar hamda maqbaraning oʻsha davrdagi holati tushirilgan fotosuratlarni Rossiyaga olib ketgan. Aynan shu maʼlumotlar hozir Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridagi mashhur Ermitaj muzeyida saqlanmoqda.

Kosonsoylik mashhur usta Kamoliddinxoʻja 1974-yili Gʻoʻzapoyamozor masjidini ochib, taʼmirlash paytida masjid toʻsinlari orasidan gʻoʻzapoya misoli yoʻgʻoch toʻsin chiqqan va bu yigʻilganlarni hayratga solgan. Ushbu gʻoʻzapoya daraxti hozir ham saqlanib qolgan boʻlib, ziyoratchilarni hamon hayratlantirmoqda.

  1. „G'o'zapoya mаsjidi“. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  2. „Gʻoʻzapoya mаsjidi“. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.