Kontent qismiga oʻtish

Gʻoyibota qabristoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gʻoyibota qabristoni — Toshkentning shimoliy gʻarbida joylashgan. Maydoni 7,5 gektarni tashkil etadi.

19-asrning 80-yillaridan buyon mavjud. Yassaviya tariqati shayxlaridan Xusan Shayx (Gʻoyibota nomi bilan mashhur) nomi bilan bogʻliq. Qabristonga jamoat arbobi Husniddin Asomov, muftiy Shamsiddin Boboxonov, Oʻzbekiston xalq artisti Mahmudjon Gʻafurov va boshqa taniqli shahslar dafn etilgan[1].

  1. Toshkent ensiklopediyasi 2009, s. 750.

Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 780-bet.