Kontent qismiga oʻtish

Gʻozlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anser
Qazilma davri: Miocene-Holocene
Juft bo‘z g‘ozlar, Anser anser
Biologik klassifikatsiya
Tip tur
Anas anser[1]
Linnaeus, 1758
Turlar

and see text

Sinonimlari

Chen Boie, 1822 (but see text)
Cygnopsis Brandt, 1836
Cycnopsis Agassiz, 1846 (emendation)
Eulabeia Reichenbach, 1852
Philacte Bannister, 1870
Heterochen Short, 1970 (but see text)


Gʻozlar (lot. Anser) – suv qushlarining oʻrdaksimonlar oilasi gʻozsimonlar turkumiga mansub urugʻ.

Tashqi koʻrinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻozlarning tumshugʻi ajralib turadi. Tumshugʻining tepa qismi pastki qismiga qaraganda kattaroq va oʻtkir qirrali tirnoq bilan tugaydi. Tumshugʻ chetlarida kichik tishlar mavjud. Boʻyni oʻrta uzunlikda (oʻrdaklarnikidan uzun, ammo oqqushlarnikidan qisqaroq), oyoqlari ancha uzun, oʻrdaklarnikiga qaraganda tanasining oʻrta qismiga yaqinroq joylashgan.

Patlari va parlari juda yaxshi rivojlangan. Narlar modalardan deyarli farq qilmaydi. Faqat narning burni tumshugʻining boshida, shuningdek, tanasi bir oz kattaroq boʻladi.

Koʻpgina gʻozlar xavf ostidaligida yoki asabiylashganda qichqiradi, gʻagʻalaydi va vishillaydi.

Yashash tarzi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻozlar oʻtloq va botqoqli yerlarda, baʼzilari dengiz qirgʻoqlarida yashaydi; yaxshi yuradi va yuguradi; tez uchadi, lekin oʻrdaklarga qaraganda sekin suzadi va shoʻngʻiydi. Oʻrdak va oqqushlarga qaraganda suvda kamroq hayot kechiradi, hayotining koʻp qismini quruqlikda oʻtkazadi. Gʻozlar qishlash va uyalash hududlariga kechalari yuqori balandlikda, juda tez uchib boradi.

Ular asosan oʻsimliklar va urugʻlarning yashil qismlari bilan oziqlanadi. Oʻtkir tishli tumshugʻi yordamida ular oʻt, don, karamni chimchilab, barglar, rezavorlar, dukkaklilar va otquloqlarni terib yeyishadi. Oʻsimliklardan tashqari, baʼzi turlar ham mayda umurtqali hayvonlar va hasharotlar bilan oziqlanadi.

Gʻozlar juft boʻlib yashaydilar va migratsiya paytida ular katta toʻdalarda toʻplanishadi. Ular botqoqlarda, baʼzilari daraxtlarda in quradilar; odatda 6-12 donagacha tuxum qoʻyadi. Nar tuxum bosmaydi, urgʻochisini va joʻjalar ochib chiqqanda, butun oilani himoya qilib, yaqin atrofda yuradi.

  • Бейчек В., Штясны К. Птицы. Иллюстрированная энциклопедия. — М.: «Лабиринт-пресс»
  • Акимушкин И. Мир животных. Птицы, рыбы, земноводные и пресмыкающиеся. — М.: «Мысль», 1995
  1. „Anatidae“. aviansystematics.org. The Trust for Avian Systematics. Qaraldi: 2023-yil 5-avgust.