Gʻulom Ahmedov
Qiyofa
Gʻulom Ahmedovich Ahmedov (1916.11.8, Turkiston shahri, Qozogʻiston) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), yuridik fanlari doktori (1973), professor (1986). 1937-1941-yillarda Toshkent yuridik instituti va Moskva harbiy yuridik akademiyasida taʼlim olgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti jinoyat huquqi sektorining mudiri (1959-1996), 1997-yildan — ilmiy xodim. Ilmiy asarlari jinoyat huquqini takomillashtirish, xususan, giyohvandlik va ichkilikbozlikka qarshi kurash muammolariga bagʻishlangan. Huquqshunoslikka doir lugʻatlar tuzgan, oʻzbek tilidagi yuridik atamalarning shakllanishiga hissa qoʻshgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |