Gʻulom Karimovich Karimov
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Gʻulom Karimovich Karimov (1909.15.4 — Toshkent — 1991.2.1) — adabiyotshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969). Fi-lol. fanlari doktori (1962), professor (1963). Leningraddagi Tarix, falsafa va lingvistika institutini tugatgan (1935). Oʻzbekiston Fanlar qoʻmitasi (1943-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi) qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1938—48), Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti direktori (1948—51), Oʻrta Osiyo universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) oʻqituvchisi (1951—53), kafedra mudiri (1954—84), professor maslahatchisi (1984—91). Ilmiy faoliyati oʻzbek mumtoz adabiyotini oʻrganishga bagʻishlangan. K. "Layli va Majnun"ning ilmiy, tanqidiy matnini tayyorlagan (1945). Navoiy, Muqimiy, Furqat, Almaiy, Nodim Namangoniy va b.ning ijodiga oid maʼlumotlarni, hayoti va ijodiy merosini toʻplagan, tadqiq etgan. Oliy oʻquv yurtlari ("Oʻzbek adabiyoti tarixi", 1966) va oʻrta maktablar uchun ("Oʻzbek adabiyoti tarixi", 1974, 1985; N. Mallayev, S. I. Ismatov bilan hamkorlikda) darslik, metodik qoʻllanmalar tuzgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Muqimiy, T., 1970; Xalq, tarix, adabiyot, T., 1977.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Qosimov B., Dolimov U., Fylom Karimov hayoti va ijodiy faoliyati boʻyicha filolog studentlar uchun biobibli-ografik koʻrsatma, T., 1989; Barkamollik, T., 1999.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |