Kontent qismiga oʻtish

Gʻulomjon Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Gʻulomjon Rahimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-sentabr 1906-yil
Аndijon
Vafoti 18-fevral 1973-yil (66 yosh)
Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Gʻulomjon Rahimov -  sovet harbiyi, davlat va siyosat arbobi.

Gʻulomjon Rahimov 1906-yilning 15-sentabrida Andijonda tugʻilgan. 1928-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Rahimov 1921-yildan boshlab mamlakatdagi harbiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1921-1963-yillarda dastlab, Qizil Armiya razvedkasida, keyinchalik, Oʻrta Osiyodagi fuqarolar urushida ishtirok etgan. Shundan soʻng, Toshkent kichik komandirlar bilim yurti kursanti, razvedka vzvod komandiri, eksadron komandiri, Toshkent kichik komandirlar maktabi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR Avtomobil transporti xalq komissari (1939—1941-yillarda) vazifalarida ishlagan. Shu bilan birga, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, komandir oʻrinbosari, 15-tank korpusi 20-motooʻqchilar brigadasi komandiri, Oʻzbekiston SSR harbiy komissarligi Fargʻona va Toshkent viloyatlari harbiy komissarlik boʻlimi boshligʻi, Oʻzbekiston SSR Goʻsht va sovxozlar vazirliklari boʻlimi boshligʻi, Qirgʻiziston SSRning Frunze viloyati harbiy komissari, Toshkent viloyati Moskva tuman harbiy komissari lavozimida xizmat qilgan.

Gʻulomjon Rahimov 1973-yilda Toshkent shahrida vafot etgan.

  • Rahimov Gʻulomjon // Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi [Matn, 14 jild]: 14 jild / tahrir. I. M. Moʻminov. — Toshkent : Oʻzbek Ensiklopediya kengashi va Bosch nashri, 1977. — V.9. — S. 206.