Kontent qismiga oʻtish

Gʻaybulla Rahmonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G‘aybulla Rahmonovdan yoʻnaltirildi)
G‘aybulla Rahmonov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-sentyabr 1940-yil
Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2004-yil
Kasbi fermer
Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni

Gʻaybulla Rahmonov (1940-yil 11-sentyabr Kasbi tumani, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) – oʻzbekistonlik fermer va oʻz kasbining fidoiy insonlaridan biri boʻlgan. 1999-yili Oʻzbekiston Qahramoni faxriy unvoni bilan mukofotlangan[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻaybulla Rahmonov 1940-yil Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanida tugʻilgan. Gʻaybulla Rahmonov turmush oʻrtogʻi Pardaxol aya bilan 7 ta farzand va 30 nafarga yaqin nabiralik boʻlishgan.

Hayotiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1971-yildan boshlab paxtachilik brigadasi boshligʻi vazifasida faoliyat olib borgan boʻlib, 1980-yillarda jamoaviy tanila boshlashgan.

1994-yilda Gʻaybulla Rahmonov boshchiligidagi brigadadan yuqori hosil ilingach, uning nomi ham tanila boshlagan. 1999-yil yuqori xizmatlari uchun Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan. Mashhur fermer 2004-yilda vafot etgan[2].

  1. „Gʻaybulla Rahmonov“ (oʻzbek) (oyina.uz). 2024-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 4-avgust.
  2. Oʻzbekiston qahramonlari. Toshkent „Adabiyot“ nashriyoti, 2022-yil