Kontent qismiga oʻtish

2004

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(2004-yildan yoʻnaltirildi)

2004-yil — „Mehr va muruvvat yili“. 1-yanvar — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT)ning Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qoʻmitasi faoliyat koʻrsata boshladi.

Ming yilliklar: 3-mingyillik
Asrlar:
Oʻn yilliklar:
Yillar:
  • 27-yanvar — „Mehr va muruvvat yili“ davlat dasturi toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
  • 12-mart — Xorazm viloyati Hazorasp tumanida Amudaryo ustida bunyod etilgan koʻprik foydalanishga topshirildi.
  • 18-mart — Toshkent viloyatining Yangiyoʻl shahrida Oʻzbekiston —Turkiya „YADEM tekstil“ qoʻshma korxonasining tantanali ochilish marosimi boʻldi.
  • 23-mart — Toshkentda buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykalining ochilish marosimi boʻldi.
  • 25-mart — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Xoʻja Ahror tavalludining 600 yilligini nishonlash haqida“ qaror qabul qildi.
  • 26-mart — Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi tashkil topdi.
  • 27-mart — Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tashkil etildi.
  • 30-mart — Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti asosida Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti tashkil etildi.
  • 3-aprel — Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamgʻarmasini tashkil etishga qaror qilindi.
  • 5-aprel — Toshkentda „Taʼlim — kelajakka yoʻnaltirilgan sarmoya“ mavzusida mintaqaviy konferensiya boʻlib oʻtdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlari taʼlim vazirliklari rahbarlari ishtirok etdilar.
  • 29-30-aprel — 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 14-sessiyasida "Oʻzbekiston Respublikasining „Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida“, „Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida“gi qonunlar qabul qilindi.
  • 21-may — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „2004—2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida“gi farmoni eʼlon qilindi.
  • 17-iyun — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlarining sammiti boʻlib oʻtdi.
  • 7-iyul — Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi tashkil etildi.
  • 13-iyul — Liviya poytaxti Tripoli shahrida yakunlangan shaxmat boʻyicha jahon chempionatida oʻzbek shaxmatchisi, xalqaro grossmeyster Rustam Qosimjonov jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi.
  • Avgust — Xorazm viloyatida „Bogʻottekstil“ va „Shovotteks“ qoʻshma korxonasi ishga tushirildi.
  • 26-avgust — Afinadagi Olimpiada musobaqalarida oʻzbekistonlik kurashchi Aleksandr Dokturishvili yunon-rum kurashi boʻyicha, Artur Taymazov esa (28-avgustda) erkin kurash boʻyicha 28-Olimpiada oʻyinlari chempioni boʻldi, Magomed Ibragimov (29-avgustda) kumush medal bilan taqdirlandi.
  • 31-avgust — Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasi foydalanishga topshirildi.
  • 27-sentyabr — Madaniyat ishlari vazirligi va Davlat sport qoʻmitasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tashkil etildi.
  • 11-oktyabr — Oʻzbekiston transport va transport kommunikatsiyalari uyushmasi tashkil etildi.
  • 15-oktyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tashkil qilindi.
  • 25-oktyabr — Samarqand shahrida Jahon sayyohlik tashkilotining „Buyuk ipak yoʻli“ deb nomlanuvchi vakolatxonasi ochildi.
  • 28-oktyabr — Toshkentda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
  • 26-dekabr (va 2005-yil 9-yanvar) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovlar boʻlib oʻtdi.
  • 2004 — „Sen yolgʻiz emassan“ jamgʻarmasi tashkil etildi.
  • oktyabr Hamid Karzay Afg'oniston prezidenti etib saylandi.
  • 31-oktyabr — Ukrainada saylov boʻlib, Viktor Yushchenko prezident etib saylandi.

otorogo bilo unichtojeniya Izrailya i sozdanie Palestinskogo gosudarstva na ego territorii. Vsya ego jizn i deyatelnost vizivala i, ochevidno, vsegda budet vizivat samie protivorechivie otsenki.


Bu maqola ruscha yozilgan.

nothumb

Iltimos, maqolani oʻzbek tiliga tarjima qiling.