Kontent qismiga oʻtish

Fransiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Францияdan yoʻnaltirildi)
Fransuz Respublikasi
République française
ShiorLiberté, Egalité, Fraternité
Madhiya: La Marseillaise
Location of Fransiya
Poytaxt Parij
48°51′N 2°21′E / 48.850°N 2.350°E / 48.850; 2.350
Rasmiy til(lar) fransuz
Din
(2020)
Hukumat Prezidentlik respublika
• Prezident
Emmanuel Macron
Jean Castex
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Parlament
• Yuqori palata
Senat
Respublika (22-sentabr 1792-yil)
Maydon
• Butun
547,030 km2 (48-oʻrin)
• Suv (%)
0.86 (2015)[2]
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
67 413 000[3] (20-oʻrin)
• Zichlik 116/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
$3.232 trillion[4] (9-oʻrin)
• Jon boshiga
$49 492[4] (24-oʻrin)
YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati
• Jon boshiga
$44 995[4] (24-oʻrin)
Pul birligi Yevro (€) (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma FR
Telefon prefiksi 33
Internet domeni .fr

Farangiston (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] tingla), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République française)[5] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni: 674687 ming km². Aholisi: 66 561 000 kishi (2024). Poytaxti — Parij shahri.

Pul birligi (EUR) Parij eng katta shahri va poytaxti hisoblanadi. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya — respublika, tarixda xonlik bolgan. Amaldagi konstitutsiyasi 1958-yil referendumda qabul qilingan (bir necha marta oʻzgartishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident. U umumiy va toʻgʻridan toʻgʻri ovoz berish yoʻli bilan 5yil muddatga saylanadi va yana 1marta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palata (Milliy majlis va Senat)dan iborat. Ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Fransuz Polineziyasidagi Bora Bora

Fransiyaning sharq va janubida togʻ tizmalari, markazining janubiy qismida togʻ va keng tekisliklar bor. Alp togʻlari bilan Yura togʻlari Italiya va Shveysariya bilan tabiiy chegarani tashkil etgan. Fransiyadagi Alp togʻlarining koʻp choʻqqilari 4000 m dan ziyod. Eng baland joyi — Monblan togʻi (4807 m). Balandligi 1700 m gacha boʻlgan Yura togʻlari Belfort pastligi tomonga Rona daryosi vodiylari uzra pasayib boradi. Belfort pastligining shimoli- sharqiy tomonidan Reyn boʻylab, Fransiya Germaniya chegarasi oʻtadi. Bu joyda balandligi 1424 m boʻlgan Vogez togʻ tizmasi mavjud. Fransiya va Ispaniya oʻrtasida tabiiy chegara boʻlgan Pirenei togʻlarining balandligi Fransiya tomonida 3298 m ga (Vinmal) yetadi. Fransiyada foydali qazilmalardan koʻmir, temir rudasi, uran, tabiiy gaz, volfram va surma, talk xomashyosi, qoʻrgʻoshin, oltingugurt va rux bor. Neft va gaz juda kam miqdorda.

Iqlimi asosan uch xil: okean, kontinental va dengiz iqlimi. Fransiya iqlimi qishloq xoʻjaligi uchun qulay. Mamlakatning koʻp qismida okean iqlimi. Gʻarb va shimolida Atlantika okeanidan nam havo oqimi kelib, moʻtadil iqlimni hosil qiladi: yozda salqin, qishda iliq. Yil boʻyi yomgʻir yogʻib turadi. Oʻrta dengiz sohillari, Yura, Rona pasttekisliklari va Korsikaning iqlimi subtropik. U yerlarda qish iliq, yoz esa quruq va issiq. Sharq va shimoli-sharqdagi tekislik hamda pasttekisliklarda yanvar -fevralda oʻrtacha temperatura 13°, gʻarb va janubi-gʻarbda 5—7°, mamlakat janubida 8—10°. Iyul va avgustda tekisliklarda 16—18°, shimolida 20—22°, janubi-gʻarbda 23—24". Yillik yogʻinning eng koʻpi (1500-2000 mm) Alp, Vogez, Sevenn va Pirenei togʻlarining gʻarbiy qismiga toʻgʻri keladi. Yirik daryolari: Luara, Rona, Sena, Garonna. Mamlakat sharqida Reyn daryosining bir qismi oʻtgan. Fransiyada koʻl kam, Jeneva koʻlining koʻp qismi Shveysariya hududida joylashgan. Tuprogʻi qoʻngʻir oʻrmon tuproqlari, shoʻrxok kulrang, chimli kulrang, qoʻngʻir rendzin, kulrang hamda „terra rossa“ deb ataluvchi qizil tuproqlardan iborat. Oʻrmonlar mamlakat hududining 20 % ni tashkil etadi. Shimolda keng bargli oʻrmonlar (dub, qayin, shumtol), Oʻrta dengiz sohilida dub va qaragʻay oʻsadi. Hayvonot dunyosi: sut emizuvchilardan yovvoyi oʻrmon mushugi, tulki, boʻrsiq, bugʻu, kiyik, toʻngʻiz, olmaxon, quyon; togʻ tepalarida togʻ echkisi, olmaxon, alp sugʻuri, qora echki uchraydi. Qushlardan kaklik, bulduruq, loyxoʻrak, yakantovuq, olaqargʻa, qorayaloq, chumchuq, kaptar, burgut, janubda qizil gʻoz yashaydi. Daryolarda turli baliq

lar bor. Mamlakat hududining 10 % himoya ostiga olingan. Ular: milliy bogʻ (Ekren, Sevenn va boshqalar), hududiy milliy bogʻ va kichik tabiiy qoʻriqxonalar. Koʻp qoʻriqxonalar togʻlarda joylashgan (Alpdagi Vanuaz va Pelvu milliy bogʻlari, Pireneydagi Neuvyel qoʻriqxonasi).

Aholisining 90 % dan koʻprogʻini fransuzlar; shuningdek, elzas va lotaring, katalon, breton, flamand va basklar ham yashaydi. 3,5 mln. muhojir (jazoir, portugal, italyan, ispan, arman va boshqalar) bor. 4 mln. musulmon istiqomat qiladi. Rasmiy tili — fransuz tili. Bundan tashqari, bir qancha mahalliy shevalar ham mavjud. Shahar aholisi 73 %. Aholining 80 % xristian (katolik), 5 % ga yaqini musulmon, 2 % protestant, 1 % yahudiy. Yirik shaharlari: Parij, Marsel, Lion, Tuluza, Nitssa, Nant, Strasburg, Bordo, Monpelye, Lill.

Lascaux rasmlaridan biri: Ot — taxminan miloddan avvalgi 17000 yil
Jan d’Ark Yuz yillik urush (1337-1453) davrida fransuz armiyasini bir qancha muhim g‘alabalarga erishtirdi, bu esa yakuniy g‘alabaga yo‘l ochdi.
Francia, 1703

Fransiya hududida odam juda qadim zamondan, taxminan 1 mln. yildan buyon yashab keladi. Miloddan avvalgi 6—5-asrlarda Fransiya hududining deyarli barcha qismida kelt qabilalari (rimliklar ularni gallar, mamlakatni Galliya deb atashgan) yashagan. Miloddan avvalgi 2-asr oxiri — 1-asr Urtalarida Galliyani rimliklar bosib oldi. Milodiy 2—4-asrlarda aholi oʻrtasida xristianlik tarqaldi, romanlashtirish natijasida lotin tili kelt tillarini siqib chiqardi. 3—6-asrlarda Galliyani german qabilalari (vestgotlar, burgundlar, franklar) bosib olib, uning xududida bir qancha davlatlarni tashkil qildi. Ular orasida eng kattasi Frank davlati edi („Fransiya“ franklar nomidan kelib chiqqan). Karolinglar imperiyasining parchalanishi (843) natijasida Gʻarbiy Frank qirolligi tashkil topdi. Shu davrdan Fransiya mustaqil davlat boʻlib qoldi. 10-asrdan mamlakat „Fransiya“ deb atala boshladi. 1302-yil dastlabki Bosh shtatlar chaqirilib, tabaqali monarxiya oʻrnatildi. Fransiya bilan Angliya urtasida boʻlgan Yuz yillik urush (13371453) natijasida ishlab chiqarish va savdo keskin kamaydi, xalq ommasining ahvoli ogʻirlashib, Jakeriya (1358) va xalq qoʻzgʻolonlari boʻlib oʻtdi. 15-asr 2yarmida Fransiya iqtisodiyoti astasekin qayta tiklandi, qirol hokimiyati mustahkamlandi. 16— 17-asrlardan iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi. Fransiya qirollari Gʻarbiy Yevropada oʻz siyosiy taʼsirini oʻrnatishga uringan Gabsburglar bilan uzoq muddat kurash olib bordilar (qarang Oʻttiz yillik urush). 17-asrga kelib Fransiya mustamlakachilik siyosatini boshladi: Amerika (Kanada, VestIndiya) va Hindistonning bir qismini bosib oldi. 17-asrning 2yarmida Fransiya Gʻarbiy Yevropaning eng kuchli davlatiga aylandi. Ammo Ispaniya merosi uchun boʻlib oʻtgan urush (1701 — 1714) va nihoyat Yetti yillik urush (17561763) natijasida Fransiyaning Shimoliy Amerika (Kanada va boshqalar) hamda Hindistondagi deyarli barcha mustamlakalari Angliyaga oʻtdi. 16— 17-asrlarda fransuz millati shakllandi, shimoliy fransuz tili yagona til sifatida keng tarqaddi. 18-asr oxirida oʻtgan Buyuk fransuz inqilobi natijasida, ayniqsa, uning choʻqqisi boʻlgan yakobinchilar diktaturasi davrida absolyutizm munosabatlari yemirildi. Yangi saylangan Milliy konvent 1792-yil 22-sentabrda Fransiyada respublika tuzumini oʻrnatdi. Konvent 1793-yil 24-iyunda demokratik konstitutsiyani qabul qildi. Aksilinqilobiy termidor Konvent (17941795) va Direktoriya rejimi (17951799) dan soʻng Napoleon I Bonapartning Birinchi imperiya shaklidagi harbiy diktaturasi (dastlab konsullik, 1804-yildan imperiya) urnatiddi. Napoleon davrida Fransiya kupgina bosqinchilik urushlarini olib bordi, Fransiya hududi birmuncha kengayib, Yevropada Fransiyaga tamomila qaram bulgan davlatlar paydo boʻldi. Ammo shunga qaramay, Fransiyaning Yevropada oʻz hukmronligini oʻrnatishga boʻlgan intilishi magʻlubiyatga uchradi. 18141815 va 18151830-yillarda Burbonlar monarxiyasi qayta tiklandi. 1815-yil martda Napoleon yana hokimiyatni egalladi, yuz kundan keyin Vaterloo yonidagi jangda (1815-yil 18-iyun) u magʻlubiyatga uchragach, Parij sulhiga muvofiq, Fransiya 1790 y.gi chegarasiga qaytarildi. 1830-yil Iyul inqilobi natijasida Burbonlar sulolasi agʻdarib tashlandi. Fransiyada monarxiya vujudga keldi, orleanlik gersog Lui Filipp qirol deb eʼlon qilindi.

1848-yil fevral inqilobi natijasida Fransiyada Iyul monarxiyasi tugatilib, Ikkinchi Respublika qaror topdi (184852). 1851-yil 2-dekabrda boʻlib oʻtgan davlat toʻntarishidan soʻng Lui Napoleon Bonapartning harbiy diktatura tuzumi oʻrnatildi. 1852-yil 2-dekabrda u Napoleon III nomi bilan imperator deb eʼlon kilindi. Ikkinchi imperiya deb nomlangan tuzum karor topdi (1852— 70). Demokratik erkinliklar bekor qilindi. Ikkinchi imperiya toʻxtovsiz bosqinchilik urushlari olib bordi. 18701771-yillardagi Fransiya — Prussiya urushida Fransiya yengilib turgan sharoitda (1870) Sentabr inqilobi yuz berdi. Ikkinchi imperiya barham topdi. Fransiya respublika deb eʼlon qilindi. Ammo hokimiyatni respublikachilar egallab oldi. Xalqning inqilobiy faolligidan qoʻrqqan Muvaqqat xukumat amalda taslimchilik siyosatini olib bordi. Hukumatning ishchilarni qurolsizlantirish siyosatiga karshi Parij ishchilari 1871-yil 18-martda qoʻzgʻolon koʻtarib, Parij: kommunasini eʼlon qildilar. 1871-yil Frankfurt sulh shartnomasiga koʻra, Fransiya Elzas va Lotaringiyaning talaygina qismidan mahrum boʻlib, Olmoniyaga katta tovon toʻladi. Monarxiyachilarning monarxiyani qayta tiklashga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. 1875-yil Milliy majlis tomonidan Uchinchi Respublika (18701940) konstitutsiyasi kabul qilindi. 19-asr oxiriga kelib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasi koʻlami va iqtisodiy ahamiyati jihatidan Buyuk Britaniyadan soʻng 2oʻringa chiqdi. 20-asr boshlarida Fransiya sanoati tez surʼatda rivojlandi, lekin u Birinchi jahon urushigacha agrarindustrial mamlakat boʻlib qolaverdi. Fransiya bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi sababli 18911893-yillarda Fransiya — Rossiya ittifoqi tashkil topdi. Bu ittifoq 1904 y.gi Fransiya— Buyuk Britaniya bitimi bilan Antantanp tashkil etishda muhim rol oʻynadi. Fransiya Birinchi jahon urushi (19141918)da qatnashdi. Olmoniyaning urushdagi harbiy magʻlubiyatidan foydalanib, Fransiya Yevropada oʻzining hukmronligini oʻrnatishga harakat qildi. 30-yillardagi jahon iqtisodiy boʻhroni Fransiyada boshqa mamlakatlarga nisbatan kechroq boshlandi va uzoqroq davom etdi. Mamlakatda fashistik guruhlar faollasha boshladi. Fashizm xavfiga qarshi Fransiyadagi demokratik kuchlar Xalq frontiga uyushib, harakat qildilar (1935). 1936-yil iyunda Xalq fronti madadiga tayangan hukumat tuzildi. 1938-yil boshlarida reaksiya kuchlari Xalq frontiga rahna solib, yangi xukumat tuzishga muvaffaq boʻldilar. 1939-yil 3-sentabrda Fransiya Olmoniyaning Fransiya ittifoqchisi boʻlgan Polshaga hujumidan soʻng unga qarshi urush eʼlon qildi. Ammo Polshaga yordam berish uchun hech qanday tadbir koʻrilmadi. 1940-yil may oyida Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududiga bostirib kirdi. 10-iyunda Fransiyaga Italiya urush eʼlon qildi. 14-iyunda esa Olmoniya qoʻshinlari Parijni urushsiz egalladilar. 22-iyunda Fransiya hukumati taslim boʻlish shartlariga rozi boʻldi. Olmoniya qoʻshinlari Fransiya hududining 2/3 qismini bosib oldi. Mamlakatning qolgan qismini boshqarish uchun Vishi shahrida A. F. Peten boshchiligida qoʻgʻirchoq (Vishi) hukumati tuzildi. 1942-yil 11-noyabrda Germaniya bilan Italiya bu xududni ham ishgʻol qildi. Fransuz xalqi fashistlar okkupatsiyasining dastlabki kunlaridanoq Qarshshshk koʻrsatish harakatinm boshlab yubordi. 1940-yil general Sh. de Goll boshchiligida „Ozod Fransiya“ harakati (1942-yildan „Kurashayotgan Fransiya“) tuzildi. Bu harakatga Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari (Chad, Kamerun, Oʻrta Kongo, Gabon va boshqalar)ning fransuz harbiy qismlari va maʼmurlari ham qoʻshildi. 1941-yil 24-sentabrda de Goll fransuz milliy qoʻmitasini tashkil etdi, bu qoʻmita keyinroq muhojirlikdagi Fransiya hukumatiningoʻzagi boʻldi. 1943-yil 3-iyunda Jazoirda general de Goll raqbarligida Fransiya Milliy ozodlik qoʻmitasi (FMOQ) tuzildi. 1944-yil 2-iyunda AQSH, Buyuk Britaniya va SSSR tomonidan tan olingan FMOQ Fransiya respublikasining Muvaqqat hukumatiga aylandi. 1944-yil oxmriga kelib, Fransiya hududi fransuz vatanparvarlari va Angliya, Amerika qoʻshinlari tomonidan ozod etildi.

Ikkinchi jahon urushida mamlakat iqtisodi katta zarar koʻrdi. Uning xalqaro mavqei pasayib, Fransiya mustamlakachilik imperiyasining parchalanishi boshlandi. 1946-yil 24-dekabrda demokratik ruxdagi yangi konstitutsiya qabul kilindi.

Toʻrtinchi respublika davri (19461958) boshlandi. 1949-yil Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO)ga aʼzo boʻldi. Mamlakat va armiya ichidagi reaksion kuchlar 1958-yil mayda Jazoirda respublikaga qarshi isyon koʻtardilar. Jazoirdagi fransuz armiyasi qoʻmondonligi de Goll boshchiligida „milliy najot“ hukumatini tuzishni talab qildi. 1-iyunda Milliy majlis de Gollga hukumat tuzish vakolatini berdi. 1958 i. yangi konstitutsiya qabul qilindi. Sh. de Goll prezident etib saylandi. Shu-yildan Fransiya Beshinchi respublika nomini oldi. 60-yillarda Fransiya Afrikadagi mustamlakalari — Gvineya, Sudan, Madagaskar, Dagomeya (hozirgi Benin), Niger, Yuqori Volta (hozirgi Burkina Faso), Fil Suyagi Qirgʻogʻi (hozirgi Kotd’ Ivuar), Chad, Markaziy Afrika Respublikasi, Kongo, Gabon, Mavritaniya, Togo, Kamerun va Jazoirga mustaqillik berishga majbur boʻldi. 1966-yil martda Fransiya NATO harbiy tashkilotidan chiqib, oʻz hududidagi AQSH harbiy bazalarini tugatdi. 1965-yil 19-dekabrda Sh. de Goll qaytadan 7-yilga prezident etib saylandi. 1968-yilgi talabalar gʻalayoni va umumiy ish tashlash harakatlari, ijtimoiy siyosiy tanglik Fransiyani larzaga keltirdi. 1968-yil kuzda Beshinchi respublika tuzumi chuqur moliyaviy tanglikni boshidan kechirdi. Fransiya oʻz oltin valyuta rezervlarining yarmini yoʻqotdi, frankning kursi beqaror boʻlib qoldi. 1969-yil de Goll maʼmuriyhududiy boshqarish tizimini oʻzgartirish va Senatni isloh qilish toʻgʻrisida referendum oʻtkazdi, ammo muvaffaqiyat qozonmadi. Natijada de Goll isteʼfoga chiqsi. 1969-yil „Respublika uchun demokratlar ittifoqi“ partiyasining nomzodi J. Pompidu, 1974-yil Mustaqil respublikachilar milliy federatsiyasi rahbari Valeri Jiskar d’ Esten, 1981-yil soʻl kuchlar yetakchisi Fransua Mitteran prezident etib saylandi. 1986— 88-yillar oʻng va soʻl kuchlar bahamjihatligining birinchi davri boshlandi va 1988-yil Fransiya Mitteran yana prezident etib saylandi. 1995-yil prezident saylovi natijasida Jak Shirak hukumat tepasiga keldi. 2000-yil 25-sentyabrdagi referendumga asosan prezidentlik davri 7-yildan 5-yilga oʻzgartirildi. 2002-yil J. Shirak qayta prezident etib saylandi. Fransiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini 1992-yil 3-yanvar[[da tan olgan va 1992-yil 1-martdan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 14-iyul — Bastiliya ishg'ol qilingan kun (1789).

Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya sotsialistik partiyasi, 1971-yil tashkil etilgan; Respublikani qoʻllabquvvatlash birlashuvi partiyasi, 1962-yil tuzilgan, 1976-yilgacha turli nomda boʻlgan; Fransuz demokratiyasi uchun ittifoq partiyasi, 1978-yil asos solingan; Fransuz demokratiyasi uchun xalq partiyasi, 1965-yil tashkil etilgan, 1995-yildan hozirgi nomda; Fransiya kommunistik partiyasi, 1920-yiltuzilgan; Milliy front partiyasi, 1972-yil asos solingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi Fransiyadagi eng katta kasaba uyushmasi boʻlib, 1895-yil tuzilgan; Fransiya demokratik mehnat konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; Fransiya xristian mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1919-yil asos solingan; „Fors uvriyer“, kasaba uyushma markazi, 1947-yil tuzilgan.

Fransiya — yuksak darajada rivojlangan industrialagrar mamlakat. Jahondagi eng rivojlangan yetti davlatdan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 16,9 %, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon, baliq xoʻjaligining ulushi 2,7 %., xizmat koʻrsatish sohasining ulushi 80,4 % ni tashkil etadi (2022).

Belleville atom elektr stantsiyasi. Fransiya elektr energiyasining katta qismini atom energiyasidan oladi.
Grenobldagi Yevropa sinxrotron radiatsiya inshooti.

Fransiya sanoat ishlab chiqarish boʻyicha AQSH, Yaponiya va Germaniyadan soʻng dunyoda 4oʻrinni egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari: aerokosmik sanoati, mashinasozlik (aviasozlik, kemasozlik), elektron texnika, radioelektronika, qora va rangli metallurgiya, kimyo va farmatsevtika mahsulotlari, toʻqimachilik, tikuvchilik, neftni qayta ishlash, neft kimyosi kabilar. Fransiyada temir rudasi (asosan, Lotaringiyada), uran rudasi (LaKruziy, L’Ekarpyer va boshqa konlar), boksit (Var va Ero departamentlarida) va alyuminiy rudalari qazib olinadi. Lotaringiya kumir qazib chiqarishning anʼanaviy markazi hisoblanadi. Keyingi davrda mamlakat markazi va janubida kumir qazib olish birmuncha kamaydi. Nikel, kaliy tuzlari, gips, volfram va oltingugurt, bariy, kaolin, asbest, plavik shpat, oz miqdorda qoʻrgʻoshin, pyx va kumush qazib chiqariladi. Fransiyaning janubi-gʻarbiy xududi, Landesda neft va gaz zaxiralari mavjud. Metallurgiya kombinatlarida poʻlat (LeKryozo, SentEtyen), alyuminiy (Gardann, Salendr, Noger), mis (LePale), qoʻrgʻoshin va rux (NuayelGodo, Lion, Vivye), nikel (Gavr), kobalt, volfram va boshqa eritiladi. Kurilish materiallari, jumladan, qum, shagʻal, tosh butun Fransiya hududida qazib olinadi. „Reno“ va „Pejo“ kompaniyalari avtomobil ishlab chikaruvchi eng yirik kompaniyalardir. Avtomobil sanoati markazlari Parij, Monbelyar, Lionda joylashgan. Aviatsiyakosmos tarmoqlari (harbiy va fuqaro samolyotlari, vertolyot, dvigatellar, raketa va kosmik texnika)ning asosiy markazlari — Parij, Tuluza, Bordo. Kemasozlik rivojlangan (Nant, Dyunkerk, Marsel). Lokomotiv va vagonlar, stanok, traktor, qishloq xoʻjaligi mashinalari va boshqa ishlab chiqariladi. Fransiya kompaniyalari mudofaa, transport mashinasozligi va boshqa tarmoqlarda oʻzining eng yangi texnologiyalari bilan mashhur. Yiliga oʻrtacha 475,6 mlrd. kVtsoat elektr energiya (shundan 3/4 qismi atom elektr styalarida) hosil qilinadi. Atom sanoatining asosiy markazlari — LeBushe, Pyerlat, Markul. Neft va neft kimyosi sanoati plastmassa, sintetik kauchuk va smola, kimyoviy tola, harbiy kimyo mahsulotlari, mineral oʻgʻit, doridarmon, upaelik va boshqa mahsulotlar ishlab chikaradi (Parij, Lion, Gavr va Marsel). Yengil sanoatning asosiy tarmogʻi — toʻqimachilik boʻlib, Parij, Lill, Armantyer, RubeTurkuen, Myuluz, Epinal, Truada yirik ip gazlama, jun, zigir, jut, trikotaj korxonalari mavjud. Toʻqimachilik va galantereya, poyabzal, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Konyak, vino, likyor, shampan vinolari dunyoda nom chikargan.

Qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar mamlakat hududining 35,6 % ni tashkil qiladi, shundan 40 % yaylov va pichanzor. Chorvachilik qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi (mahsulot qiymatining 55 %). Qoramol, qoʻy, choʻchqa, parranda boqiladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini boʻlgan bugʻdoy Shimoliy Fransiya pasttekisligida ekiladi. Arpa va makkajoʻxori katta ahamiyatga ega. Markaziy Fransiya massivining unumsiz yerlarida javdar, Rona deltasida sholi yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, zigʻir, xmel va tamaki muhim oʻrin oladi.

Bordo departamenti hamda Rona, Sona, Garonna, Dordoni va Luara dare vodiylarida tokzorlar katga maydonni egallaydi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik, gulchilik rivojlangan. Oʻrmonlarda yogoch tayyorlanadi. Atlantika okeani va Oʻrta dengizda baliq ovlanadi.

Dunyodagi eng baland koʻprik — Millau Viaduct.

Temir yoʻl uzunligi 42000 km. Soatiga 300 km yoʻl bosadigan tez yurar poyezd Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarini Angliya, Belgiya, Niderlandiya, Germaniya bilan bogʻlaydi. Ichki yuklarning aksar qismi avtomobilda tashiladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi 812,7 ming km. Parij, London, Marsel, Nitssa, Strasburg va Tuluzada yirik aeroportlar bor. Sena, Reyn daryolarida, Sena—Sevr, Marna—Reyn kanallarida kema qatnaidi. Dengiz savdo flotining tonnaji 4981 ming t dedveyt. Yirik dengiz portlari: Marsel, Gavr, Dyunkerk, Ruan, Nant, SenNazer, Bordo. Ichki suv yoʻllari uzunligi 8,6 ming km. Neft va boshqa suyuq mahsulotlarning bir qismi quvurlar orqali tashiladi.

Tashqi savdosi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya chetga elektron va maxsus mashina, uskunalar, samolyot, temir va poʻlat, ofis mashinalari, don mahsulotlarini qayta ishlash vositalari, alkogolli ichimliklar, gazlama, pishloq, goʻsht, sut, kiyimkechak, poyabzal, upaelik va hokazolarni chiqaradi. Chetdan yonilgʻi, sanoat xom ashyolari, transport jihozlari, mashinalar, isteʼmol mollari keltiriladi. Tashqi savdoda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari: Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, shuningdek, AQSH va Yaponiya bilan hamkorlik qiladi. Fransiyada xalqaro turizm rivojlangan:-yiliga 50 mln. kishi kelibketadi. Pul birligi — frank.

Tibbiy xizmati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Parijdagi Pitie-Salpetrier kasalxonasi Yevropadagi eng yirik shifoxonalardan biridir.

Sogʻliqni saqlash sohasi kasalxonalardan va „shahar tibbiyoti“ deb ataluvchi erkin tibbiy muassasalardan iborat. Tibbiyot tarmogʻida 2 mln.ga yaqin kishi ishlaydi (60 mingi kasalxonalarda). Davlat sogʻliqni saqlash tizimi rivojlangan. Fransiyada profilaktik tibbiyotning ahamiyati katta. Bu — tugishgacha va undan keyingi davrlarda ayollarni nazorat qilib, tadqiqotlar olib borish va ayrim koʻp tarqalgan kasalliklar (asosan, chekish, alkogolizm, OITSga qarshi kurash va hokazo) boʻyicha ish joylarida va axborot kompaniyalarida konsultatsiyalar olib borish va hokazolardir. Shu tufayli Fransiyada bolalar oʻlimi dunyoda eng past darajada. Vrachlar 33 universitetning tibbiyot f tlarida tayyorlanadi. Mashhur balneologiya kurortlari: Vittel, Vishi, PlombyerleBen, EksleBen va boshqa; iklimiy kurortlari: Antib, Kann, Mentona, Nitssa (Lojuvard sohil), Biarrits, Dyep.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat maorif tizimi markazlashgan. Davlatning maktab ustidan nazorati 19-asr boshida Napoleon I davridan boshlangan. Zamonaviy taʼlim tizimi 19-asr oxirlarida qabul qilingan. 1905-yildan davlat va cherkov maktablari ajratilgan. 1959-yildan majburiy taʼlim joriy kilingan. 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va universitet darajasiga barcha oʻrta maktablarda oʻqish bepul. Maktabgacha taʼlim muassasalari hamda oʻrta maktablarda 12 mln. 236 ming bola tarbiyalanadi va taʼlim oladi (2002). Oʻsmirlar savodxonligi dunyoda eng yukrrilardan biri — 99 %. 2—3-yil maktabgacha tarbiyadan soʻng 6 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan bolalar boshlangʻich maktabda oʻqiydilar. Oʻrta maktabdagi taʼlim 2 bosqichdan iborat boʻlib, oʻquvchilar 15 yoshgacha kollejlarda, soʻng umumiy litsey, akademik kurslarda oʻqiydilar yoki hunar litseylarida texnika taʼlimi oladilar va hunar oʻrganadilar.

Oliy taʼlim tizimiga universitetlar, oliy oʻquv yurtlari, texnika maktablari kiradi. 90 universitet, 3600 oliy oʻquv yurtida 2 mln. 129 ming talaba taʼlim oladi (2003). Eng yirik oliy taʼlim muassasalari — Parij universiteti, Oliy normal maktab, Milliy politexnika instituti, Oliy amaliy maktab, Milliy maʼmuriy maktab, Oliy konchilik maktabi, Kollej de Frans va boshqa

Eng yirik kutubxonalari: Parijdagi Milliy kutubxona (7 mln.dan ortiq asar), Fransiya instituti kutubxonasi (1,5 mln. asar), Sorbonna kutubxonasi (1,8 mln. asar), SentJenevyev kutubxonasi (1,5 mln.dan ortiq asar), Arsenal kutubxonasi (1,5 mln.dan ziyod asar), Strasburgdagi Milliy va universitet kutubxonasi (3 mln.dan ortiqasar). Eng yirik muzeylari: Parijdagi Luvr (225 galereya va 400 mingdan ortiq eksponat) Versal, Karnaval (Parij tarixi) muzeylari, J. Pompidu nomidagi sanʼat va madaniyat milliy markazi, Pikasso muzeyi, Zamonaviy sanʼati muzeyi, Impressionistlar muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Balzak, Gyugo, Roden muzeylari, Graf MonteKristo qasri deb atalgan If oroldagi muzey va boshqa Ilmiy muassasalari, asosan, Parij va uning atrofida joylashgan.institutlarning asosiy kismi oliy taʼlim maktablarida olib boriladi. Davlat ilmiy tadqiqot muassasalari: Kosmik tadkikrtlar milliy markazi, Atom energiyasi boʻyicha komissarlik, tibbiyot tadqiqotlari va sogʻliqni saqlash milliy instituti, ijtimoiy tadqiqotlar milliy instituti, Okeanografik tadqiqotlar milliy markazi va Informatika vakolatxonasi. Yirik ilmiy tadqiqot markazlari: „Noraviasion“, „Elektrisite de Frans“, „Sharbonaj de Frans“, „Gaz de Frans“, „SenGoben“, „FransAtom“, „MerlenJeren“, „Krezo“ va „Shneyder“ kompaniyalari.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Le Figaro gazeta tahririyati. Gazeta 1826-yilda tashkil etilgan.

Fransiyada matbuot davlat nazorati va senzuradan mustaqil. Fransiyada nashr etiladigan yirik gaz. va jurnallar: „Figaro“ (kundalik gazeta, 1826-yildan), „Le Pariziyen“ („Parijlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Mond“ („Tinchlik“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Frans Suar“ („Fransiya oqshomi“, kundalik kechki gazeta, 1941-yildan), „Oror“ (kundalik gazeta, 1944-yildan), „Krua“ („Xoch“, kundalik kechki katolik gazeta, 1880-yildan), „Yumanite“ („Insoniyat“, kundalik gazeta, 1904-yildan), „Uest—Frans“ („Gʻarbiy Fransiya“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „Syud—Uest“ („JanubiGʻarb“, kundalik gazeta, 1944-yildan), „L ekspress“ (haftalik ijtimoiysiyosiy jurnal, 1953-yildan), „Pari match“ („Parij matchi“, haftalik bezakli jurnal, 1949-yildan), „MariKler“ (oylik jurnal, 1954-yildan) va boshqa

Frans Press agentligi — muxtor tijorat agentligi (1944-yilda tashkil etilgan) dunyodagi eng yirik agentliklardan biri; 1835-yil tuzilgan Gavas fransuz axborot agentligining davomchisidir. Radio va televideniye xizmatlari mustaqil, jamoat tomonidan taʼminlanuvchi tashkilotlar va xususiy tijorat operatorlari tomonidan boshqariladi. Telekoʻrsatuvlar mustaqil komissiya — Conseil Superieur de G Audiovisuel (CSA) tomonidan nazorat qilinadi. 100 dan ortiq telekoʻrsatuv mavjud, ulardan tashqari, tekin va pullik tarmoqlar, kabel va yoʻldosh kanallar bor. Yirik radio va televideniye tashkilotlari: „Radio Frans“, 1975-yil tuzilgan, Televizion fransez— 1, „Antenn—2“, „Frans rejone“ davlat televideniye kompaniyalari, 1975-yil tashkil etilgan.

Eng qad. adabiyot namunalari 9-asrning 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ular, asosan, diniy mavzuda boʻlgan (mas, „Avliyo Yevlaliya haqida kantilena“). 10—11-asrlarda birinchi epik afsonalar paydo boʻlgan. „Roland haqida qoʻshiq“ asari Buyuk Karl nomi bilan bogʻliq. „Russilonli Jirar“ asari ham oʻsha davrga mansub. Epik afsonalar 11-asrdan 13-asrgacha yozib kelingan. Bu davrning mashhur yozuvchilari: Gas Bryule va shampanlik Tibo (1201—53). 12-asr oʻrtalaridan ritsarlik romanlari paydo boʻla boshladi. Dastlabki romanlar tarixiy afsonalarning qayta ishlanishi maqsulidir. Ularga Benua de SentMoraning „Aleksandr haqida roman“, „Fiva haqida roman“, „Eney“, „Troya haqida roman“ (barchasi 1140—65-yillarda yaratilgan), Kretyen de Truaning (taxminan IZO—taxminan 1191) „Erek va Enida“, „Iveyn“, „Perseval“ va boshqa romanlari kiradi. 12-asrning oxirlarida"Tristan va Izolda" afsonasi, „Fluar va Blansheflor“, „Okassen va Nikolet“ kabi sevgi romanlari yozilgan. 14—15-asrlar Fransiya adabiyoti uchun oʻtish davri hisoblanadi. Oʻsha davrning mashhur yozuvchilari Gilom de Masho (taxminan 1300—77), Estash Deshan (taxminan 1346— taxminan 1407), Kristina Pizanskaya (1363—taxminan 1431), Alen Shartye (1385— taxminan 1434), orleanlik Karl (1394—1465)lar oʻz asarlarida davr ruhiyatini — 1337—1453-yilgi 100 yillik urush fojeasini aks ettirdilar.

15-asr oxirlarida Fransiyada uygʻonish davri boshlandi. Italiya bilan aloqalar kuchaydi, matbaa rivojlandi, antik va gumanitar fanlarga qiziqish ortdi. Uygʻonish davri adabiyotining Fransiyadagi yirik vakili Fransiya Rable (1494—1553) „Gargantyua va Pantagryuel“ asari bilan mashhur boʻldi. 16-asr 1yarmida Fransiya lirikasi italyan neopetrarkizmi taʼsiri ostiga tushib qoldi va asr oʻrtalariga kelib, fransuz adabiyotida islohot oʻtkazildi. „Pleyada“ deb nomlangan fransuz sheʼriy maktab shoirlari adabiyetda gumanizm gʻoyalarini olgʻa surdi, uni yangi shakllar (sonet, oda, epik asar va boshqalar) bilan boyitdi. Bu esa milliy adabiy tilning shaklanishiga olib keldi. „Pleyada“ sheʼriy maktabining mashhur shoirlari P. de Ronsar (152485), J. Dyu Belle (1522— 60), R. Bello (152877), E. Jodel (1532—73) va boshqadir. 16-asrning oxirida shoirlar T. A. d’Obinye (1552— 1630), J. Voklen de la Frene (1535— 1606), F. Deport (1546—1606) „Pleyada“ning ijobiy uslublari kridalariga amal qilgan holda barokko unsurlarini ham qoʻlladilar. 17-asr boshida fransuz adabiyoti realistik, klassik va barokko janrlarining qayta ishlanishi kabi jarayonni boshdan kechirdi. Klassitsizm estetikasi J. Shaplen (15951674), K. Vojl (15851650), G. de Balzak (1597—1654), F. d’Obinyak (1604—76) nazariy asarlarida aks etdi. 1635-yil tashkil topgan Fransiya akademiyasi faoliyati va R. Dekart (1596— 1650)ning ratsionalistik falsafasi klassitsizm doktrinasining shakllanishiga olib keldi. Klassitsizm teatrning tragediya janriga koʻproq taʼsir oʻtkazdi. Klassitsizm komediyasining asoschisi va uning buyuk vakili Molyer hisoblanadi. U oʻzining „Tartyuf“, „Mizantrop“, „Xasis“, „Don Juan“ va boshqa asarlarida jamiyatning salbiy tomonlarini, aristokratiyaning munofikligini, tekinxoʻrligini zoʻr isteʼdod bilan aks ettirdi. Jan de Lafonten masallari jaxrn adabiyotida masal janri rivojiga samarali taʼsir kursatdi.

17-asr 2yarmida klassitsizmning yangi qirralari ochildi. Bu davrda F. Fenelonning „Telemakning sarguzashtlari“ romani, Sh. SentEvremonning makrlalari, dramaturg J. Rasin (1639— 99)ning „Andromaxa“, „Britannik“, „Fedra“ asarlari yaratildi. 18-asrning boshida rokoko adabiyoti paydo boʻldi. U oʻzining geodenizmi, skeptizmi va juda erkin fikri bilan ajralib turgan. J. B. Russo oʻynoqi rokokoni klassitsizm meʼyorlari bilan uygunlashtirishga harakat qilgan. Monteskye, Volter, Didro kabi maʼrifatparvarlar ham rokoko usullaridan keng foydalanishgan. 18-asr 1yarmida komediya va roman janri rivojlandi. Molyer, A. R. Lesaj, P. K. Marivo, F. N. Detush, Sh. L. Monteskye („Fors maktublari“) bu janrning yetuk namoyandalari boʻlsa, unda Volter yetakchi rol oʻynadi. 1751-yildan D. Didro, J. L. D’Alamber va boshqa maʼrifatparvarlar tomonidan Ensiklopediya nashr etila boshlandi.

18-asr 2yarmi — 19-asr boshida Fransiya adabiyotida sentimentalizm oqimi paydo boʻldi. Buyuk Fransuz inqilobi arafasida sentimentalizm bilan bir qatorda romantizm kurtaklari koʻrina boshladi. Bu J. Kazot, E. Parni, J. B. Luve de Kuvre asarlarida va, ayniksa, P. A. F. Shoderlo de Lakloning „Xavfli aloqalar“ romani, Bomarshening „Figaroning uylanishi“ komediyasida namoyon boʻldi. K. J. Ruje de Lillning „Marselyeza“ qoʻshigʻi, Robespyer, Maratlarning publitsistik maqolalari oʻsha davrda keng tarqaddi. 19-asr boshlarida Fransiya adabiyotida romantizm yetakchi oqim boʻldi, uning 2bosqichida inqilob shabadasi esa boshladi. Bu davr V. Gyugo asarlarida oʻzining yorqin aksini topdi. Shuningdek, Jorj Sand, A. Dyuma, E. Syu asarlarida ham yorqin ifoda etildi. Stendal va O. de Balzakning jamiyatda mehnatkash inson fojiasi katta mahorat bilan koʻrsatilgan romanlarida, P. J. Beranje (1780—1857)ning satirik sheʼr va qoʻshiklarida realizm tamoyillari oʻzining yuksak ifodasini topdi. 60—70-yillardagi ilmiy texnika taraqqiyoti sharoitida J. Vernning ilmiy fantastik asarlari keng tarqaldi. 1870—71-yil Fransiya-Prussiya urushi va Parij Kommunasi davrida adabiyotning yangi rivojlanish davri boshlandi. E. Potye 1871-yil iyunda „Internatsional“ sheʼri va 1876-yil „Parij Kommunasi“ dostonini yezdi. E. Zolya ijodida, Gi de Mopassan novellalarida jamiyat muhitining oʻta tubanligi, mehnatkash insonning ogʻir qismati oʻz badiiy ifodasini topdi. 19-asr oxirida nazmda koʻproq simvolizm asosiy yoʻnalish boʻlib qoldi. Birinchi jahon urushi davrida A. Barbyus asarlari fransuz adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Barbyus 1919-yil „Klarte“ Xalqaro yozuvchilar tashkilotini tuzdi. 20—30-yillar adabiyotida Alen, P. Valeri, B. Sandrar, P. Reverdi, J. Kokto, T. Tsara, A. Breton, P. Elyuar, L. Aragon, F. Supo kabi shoir va yozuvchilar ijodi salmokli oʻrin egalladi. 2jaqon urushi davrida antifashistik ruxdagi adabiy asarlar yozila boshladi. P. Elyuar, L. Aragon, E. Gilvik, M. Riffo, A. SentEkzyuperi kabi yozuvchilar asarlarida urush voqealari aks etdi. 50—60-yillarda fransuz adabiyotida ekzistensializm oqimi vujudga keldi. J. P. Sartr, A. Kamyu, E. Ionesko, S. Bekket, N. Sarrot, M. Byutor, K. Simon (1985-yil Nobel mukofoti laureata boʻlgan) va boshqa bu oqimning namoyandalaridir. Margerit Yursenar (1903— 87), Margerit Dyura (1914—1996) kabi yozuvchilar Fransiya adabiyotida beqiyos iz qoldirdilar. Zamonaviy yozuvchilardan Mishel Turnye, Filipp Sollers, JanMari LeKlezio, Patrik Modiano, Patrik Grenvil, Paskal Kinyar mashhur.

Fransiya yozuvchilaridan O. de Balzak, V. Gyugo, Mopassan, A. Sent Ekzyuperi, J. Bern, A. Dyuma, Stendal, Volter, Fransua Moriak, Sharl Perro, Monteskye, L. Argon kabi adiblarning asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Notr-Dam de Reyms — Rim-katolik sobori boʻlib, u yerda 1825-yilgacha Fransiya qirollari toj kiygan.
Bordodagi de la Bourse maydoni, fransuz barokko meʼmorchiligining namunasi
Dunyodagi eng yaxshi sanʼat muzeylaridan biri sifatida tan olingan Luvr muzeyi 2019-yilda ham eng katta, ham eng koʻp sayyoh tashrif buyurgan muzey boʻldi.

Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat yodgorliklari paleolit davriga mansub. Temir davrida Rim tomonidan kelt (gall)lar shaharlari zabt etilgach, bu yerda gallrim sanʼati rivojlandi: toshdan makbara, teatr, zafar darvoza, akveduklar kurila boshladi, tobut, sarkofaglar tayyorlandi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topgandan soʻng oʻrta asrlar sanʼati shakllana boshladi. Karolinglar sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi (10—12-asrlar), ibodatxona va monastirlar koʻproq qurildi (Akvitaniyadagi Klyuni cherkovi, 3-asr, Perigyodagi SenFron, 1120-yildan keyin, Langedokdagi cherkovqoʻrgʻonlar).

12-asrda Shimoliy Fransiya shaharlarida gotika vujudga keldi. Bu davrda shaqarlar soni ortdi, shaharlarda soborlar koʻplab qurila boshladi. Ularning eng yiriklari: SenDeni abbatligidagi cherkov (1137—44), Sane (taxminan 1140) va Lan, Shartr, Reyms, Amyendagi soborlar, Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasi (1163—1257). 15-asrning 2yarmidan meʼmorlikda fransuz Uygʻonish davrining hashamdor va goʻzal uslubi shakllana boshladi. Shu davrda vujudga kelgan Ambuaz (1492—98), Gayon (1501 — 10) qirol va dvoryanlar qoʻrgʻonlari oʻzining qulayligi hamda hashamatliligi bilan ajralib turadi. Qirol Fransisk I tomonidan Italiyadan taklif qilingan mashhur meʼmorlardan (jumladan, Leonardoda Vinchi) tashqari, Fransiyaning oʻzida ham N. Bashelye, F. Delorm, P. Lesko, J. A. Dyuserso kabi isteʼdodli meʼmorlar yetishib chiqa boshladi. Fransuz Uygʻonish davri meʼmorligining eng yuksak milliy durdonalari qatoriga Bluadagi Fransisk I qasrining qanotlari, Luara vodiysidagi AzeleRido, Shenonso, Shambor kabi qoʻrgʻonqarorgohlar, Fontenblo saroyi va Parijdagi Yangi Luvr binosini (meʼmor P. Lesko, haykaltarosh J. Gujon) kiritish mumkin.

17-asrda absolyutizm kuchayishi bilan sanʼatda monarx shaxsi va hokimiyatini ulugʻlash kuchaydi. Qirollik rassomlik va haykaltaroshlik (1648) hamda meʼmorlik (1671) akademiyalari tashkil topdi. Klassitsizmning sipo va vazminligi bilan kenglik kulamini uygʻunlashtirgan absolyut monarxiya deb atalgan uslub shakllandi. U klassitsizmning ulugʻvorligi, mantiqiy tuzilishini aks ettirgan edi. Bu shahar va shahar tashqarisidagi ansambllar, qirol qarorgohlari va zodagonlar uylari kurilishida namoyon boʻldi. Parij geometrik jihatdan toʻgʻri, uslubiy yaxlit Dofina, Vogezov, Gʻalaba, Vandom maydonlari bilan bezaldi. PaleRuayal saroyi (1629—36), Nogironlar uyi (1671 — 76), Sorbonna binosi (cherkov bn, 1629—54), Versal saroyi (1661—89), zafar darvozalar va koʻpriklar kurildi.

Saroy va binolar plastik naqshlari hamda ixchamligi bilan ajralib turadi. 18-asrning 1yarmida hashamatli reja uslubi qoʻllandi. Bordodagi maydon va koʻchalar tarmogi, Nansidagi maydonlar, Lyudovik XV maydoni shular jumlasidandir.

18-asr 2yarmida absolyutizmning inqirozi munosabati bilan maʼrifatparvarlik klassitsizmi yoʻnalishi vujudga keldi. Klassitsizm ruxida cherkovlar (SentJenevyev, hozirgi Parijdagi Panteon), saroylar (Versaldagi Kichik Trianon), teatrlar (Bordodagi Katta teatr) va boshqa jamoat inshootlari (Parijdagi harbiy maktab) qurildi. 19-asr boshlarida yangi meʼmoriy uslub — ampir uslubida ulugʻvor, mahobatli inshootlar kurildi (La Madlen cherkovi, Vandom kolonnasi). 19-asr oʻrtalarida Parijda yirik kurilish ishlari amalga oshirildi, 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Amyen, Nant, Orlean,Tuluza va boshqa shaharlar qisman rekonstruksiya qilindi. 19-asr 2yarmida kurilishlar eklektizm ruhida olib borildi („GrandOpera“ teatri, SakreKyor bazilikasi). Yopiq bozor, universal magazin, passaj, vokzal, kutubxona (Parijdagi SentJenevyev kutubxonasi va Milliy kutubxona), elevator, depo va boshqalarlar kurildi. Mashhur Eyfel minorasi ham shu davrda kurildi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida modern uslubida inshootlar yaratildi (Parij metrosining bekatlari, Parijdagi „Kastel Beranja“ mehmonxonasi). 1860-yildan qurilishda temirbeton ishlatila boshlandi. 1920—1930-yillarda zamonaviy meʼmorlikning asosiy qirralarini shakllantirishga kirishildi. Meʼmor Le Korbyuzye shakllarning funksional va konstruktivligini, beton, oyna va poʻlatning keng qoʻllanilishini zamonaviy meʼmorlikning 5 asosiy prinsipiga aylantirishga harakat qildi. 1960—1970-yillarda Parij va uning atroflarida kurilishlar avj oldi. Bu davrning mashhur meʼmorlari R. Kamelo, J. de Mayi, B. Zerfyuss va muhandis N. Eskvillan meʼmorlikda ajoyib inshootlar yaratdilar. Bunga misol qilib, Parijdagi sanoat va texnika milliy markazi zali, YUNESKO binosi va Radio uyini koʻrsatish mumkin.

1980-yillardan Fransiya meʼmorligida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, xorijiy meʼmorlarning gʻoyalariga keng yoʻl ochib berildi. Luvr muzeyi amerikalik meʼmor Mario Pey tomonidan toʻliq qayta rekonstruksiya qilindi. Shishadan yasalgan piramida Luvrning ramziga aylandi. Keyingi-yillarda yaratilgan meʼmoriy inshootlardan Parij shahridagi SenLazar vokzali perronidagi Arman kompozitsiyasi (1985), P. Pikasso sharafiga qurilgan Sezar kompozitsiyasi (1985), Sen Jermen oroldagi Jan Dyubyuffe haykallari bilan bezalgan minora (1988), „Ateney“ teatridagi rassom JanPyer Shamba tomonidan chizilgan asarlar (1989)ni koʻrsatish mumkin.

Tasviriy sanʼati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiya hududidagi eng qad. sanʼat asarlari paleolit davriga mansub. Polixrom rasmlar (Lasko, FondeGom), hayvonlar tasviri va haykallari (LaMadlen, Tyukd’Odeber) saqlanib qolgan. Temir davri galiitat madaniyati va laten madaniyati yodgorliklari bilan namoyon buldi. 5-asrdan varvarlar davlati tashkil topishi bilan oʻrta asrlar sanʼati (merovinglar sanʼati) vujudga kelgan.

10—12-asrlarda karoling sanʼati roman uslubining vujudga kelishi uchun asos boʻldi. Bu davrdan har xil taqinchoklar, Limoj emallari, mato va kashtalar, gilamlar saqlanib krlgan. Fransiyaning gotik haykaltaroshligida insonning jismoniy goʻzalligi va hislariga, real tabiiy shakllarga qiziqish ortdi. Bu Parij Bibi Maryam ibodatxonasidagi haykallar, Amyen soborining haykal va obrazlarida namoyon boʻldi. 14-asrda haykaltaroshlik majmualari kamroq yaratildi, interyerlarda koʻproq tasviriy sanʼat asarlari va boʻyalgan yogʻoch haykallar paydo boʻldi. Gotika tasviriy sanʼatida interyerni rangli bezatishda vitraj eng asosiy unsur boʻlib qoldi (Parijdagi SentShapel ibodatxonasi va Shartr sobori vitrajlari). 13-asr 2yarmidan vitrajlarda koʻproq yorugʻ ranglar qoʻllanila boshladi. Freska saroy va qasrlar devorlarida koʻproq uchraydi. 14—15-asrlarda niderland va italyan sanʼati taʼsiri ostida dastgoxli kartina va portretlar paydo boʻla boshladi. Tevarak atrofii real tasvirlash akauka Limburglar ijodidan boshlandi. Ularning „Berriy gersogining eng boy chasoslovi“ (taxminan 1411 — 16) asari saqlanib qrlgan. 15-asr urtalarida qirol saroyi qoshida fransuz Uygʻonish davri kurtaklari boʻlgan maktablar tashkil topgan. Uning eng mashhur vakili J. Fuke boʻlgan. Uygʻonish davri haykaltaroshligini M. Kolomb boshlab bergan. 15-asr 2yarmida Uygonish davri uslubi yogochdan ishlanadigan gravyuralarga ham taʼsir qildi. 16-asr boshlarida qirol saroyi tasviriy sanʼat markaziga aylandi.

Inson shaxsiyatiga boʻlgan qiziqish qalam va rangli portretlarda ham oʻz aksini topdi. Bu davr sanʼatiga kenja J. Klue, Kornel de Lion, Etyenn va Pyer Dyumustyelar kabi rassomlar uzlarining hissalarini qoʻshdilar. 17-asrga kelib, klassitsizm uslubi maydonga chikdi. Rasmiy tasviriy sanʼatning rahbari S. Vue Rim barokkosi, Bolonya maktabi akademizmi va Fontenblo maktabi manyerizmini uygunlashtirdi. 17-asr 2-choragida tasviriy sanʼatda klassitsizm yetakchi rol oʻynay boshladi. Bu davr sanʼat asarlari plastik shakllari aniq boʻlishi, tabiat manzaralarining chuqur lirizmi bilan ajralib turadi. 17-asr oʻrtalarida Fransiya sanʼat hayotining peshqadami Sh. Lebren Parij va Versal saroylarini bezashga rahbarlik qildi. Bu davrdagi G. Rigo, N. Larjilyer, R. Nanteyl, J. Odran, J. Edelink, F. Jirardon, A. Kuazevoks kabi rassom va haykaltaroshlarning koʻp asarlari hozirgacha yetib kelgan. Portret, gravyura, haykaltaroshlik, amaliy sanʼat, zargarlik rivojlandi. 18-asr tasviriy sanʼatida A. Vatto asarlari rokoko uslubiga asos boʻldi. Rokoko uslubi manzarali naqshin pannolarda, gilamlar, afsonaviy sahnalarga ega boʻlgan desyudeportlarda, allegoriyalarda aks etdi. F. Bushe, K. Vanloo, N. Lankrelar rokoko uslubi namoyandalaridir. 18-asr 1yarmida bezak plastika ham rivojlana bordi. M. K. Latura, J. B. Lemuan, J. B. Perronno kabi rassomlar ijodida analitik aniklik, emotsional jozibadorlikkoʻrinadi. 18-aar oʻrtalariga kelib tabiatga boʻlgan qiziqish peyzajning vujudga kelishiga turtki berdi. J. Berne, L. G. Moro, Yu. Rober, O. Fragonar, J. A. Gudon, J. L. David bu davrning mashhur rassomlari qatoriga kiradilar. 19-asr boshida baʼzi rassomlarning asarlarida avvalgi qahramonlik obrazlari oʻrnini Napoleon I ni ulugʻlaydigan asarlar egalladi. Restavratsiya va Iyul monarxiyasi davrida romantik maktab tashkil topdi. T. Jeriko, E. Delakrua asarlarida romantizm yaqqol namoyon boʻldi. Haykaltaroshlikda romantizm tamoyillari F. Ryudaning „Marselyeza“ asarida, P. J. David d’Anje portretlarida va A. L. Bari asarlarida aks etdi. 1848-yilgi inqilob Fransiya sanʼatiga demokratlashtiruvchi taʼsir koʻrsatdi. 1851-yil toʻntarishdan soʻng reaksiya kuchlari qukmronligi sharoitida demokratik sanʼat koʻp jihatdan oʻzining ommaviyligini yoʻqotdi. 1860-yillarda mamlakat tasviriy sanʼatida E. Manening realistik izlanishlari markaziy oʻrinni egallaydi. Mane ijodi impressionizm yoʻnalishi bilan yaqinlashdi. Bu yoʻnalishda Manedan tashqari K. Pissarro, A. Sisley, O. Renuar va E. Degalar ham ijod qilishgan. 1850—60-yillar x, aykaltaroshlikda J. B. Karloning dekorativ, aniq va quvnoq asarlari, J. Daluning mehnat odamlarining xayratli va jiddiy obrazlari, O. Domyening ekspressivgrotesk plastikasi alohida oʻrin tutadi. 19-asr soʻnggi choragida fransuz xaykaltaroshligining eng yorqin namoyandasi O. Roden hisoblanadi.

19-asr oxiri — 20-asr boshlarida impressionizm bilan birgalikda „modern“ uslubining paydo boʻlishiga taʼsir etgan simvolizmnnng turli variantlari ham rivojlandi. 19-asr oxirida tasviriy sanʼatda ijtimoiy mavzulardan birmuncha chekinish seziladi. 20-asr boshidan Parijga koʻplab chet el rassomlari kela boshladi va ularning ijodi fransuz sanʼatining ajralmas qismiga aylandi. 1905-yilda A. Matiss boshchiligida fovizm (A. Marke, J. Ruo, A. Deren, M. Vlamink, R. Dyufi va boshqalar), 1907-yilda esa kubizm okimi (P. Pikasso, J. Brak, X. Gris) vujudga keldi. Birinchi jahon urushidan soʻng syurrealizm, Ikkinchi jahon urushidan keyin abstrakt sanʼatning turli yunalishlari vujudga keddi. 1970-yillarda sanʼatda abstraksionizmdan chekinish va sanʼatning turli xil figurativ turlari (gipperrealizm)ga oʻtish kuzatiddi. Umuman olganda, Fransiya tasviriy sanʼatida gumanizm koyalari saqlanib qolgan. P. Pikasso va F. Leje asarlarida urush va fashizmga qarshi alangali gʻalayon, xalqlarning tinchlik uchun kurashi mavzulari koʻp aks etgan. 1945-yildan soʻng neorealizm okimi paydo boʻldi, karikatura sanʼati rivojlandi, qoniqmaslik va tushkunlik kayfiyati asketik rassomchilikda aks etdi. Gumanistik sanʼat anʼanalari haykaltaroshlikda ham yetakchi rolni egallaydi. A. Burdelning qahramonona dramatik obrazlarida, A. Mayolning garmonik haykallarida, J. Bernarning oʻtkir psixologik portretlarida bu narsa oʻz aksini topdi. Umuman, Fransiya 21-asrda ham jahon badiiy sanʼatining eng yirik markazlaridan biri xisoblanadi.

Fransiya milliy musiqasi qad. kelt, gall va frank qabilalari folkloridan boshlanadi. 11 — 13-asrlarda trubadur va truver (shoirxonandalar) musiqa sanʼati rivojlangan. 14-asrdagi ilk Uygʻonish davrida cherkov ijrochiligi rivoj topdi. Oʻsha davr mashhur kompozitorlari Gilom de Masho, Filipp de Vitri Are nova (yangi sanʼat) musiqa harakatining eng yetuk namoyandalari edilar. Musiqaning keyingi rivoji G. Dyufai, Josken Depre, I. Okegem, xor polifoniyasi ustasi K. Janeken, gugenot xorali asoschisi K.Gudimel, buyuk polifonist, niderland maktabi vakili O. Lasso ijodi bilan bogʻliq. 1672—87-yillar „Grand opera“ teatrini milliy opera maktabi hamda lirik tragediya janri asoschisi Lyulli boshqargan. 17-asrdan cholgʻu musiqa — lyutnya (D. Gotye), klavesin (J. Shambonyer, L. Kuperen), viola (M. Mare) maktablari tashkil topdi. Cholgʻu syuita janrida ijod qilgan F. Kuperenning badiiy merosi — fransuz musiqiy klassitsizmi choʻqqisidir. 18-asrning eng yirik kompozitori J. R. Ramo K. V. Glyukning opera islohotiga zamin yaratgan, garmoniya faniga asos solgan. 18-asr oʻrtalarida milliy simfoniya paydo boʻldi (F. Gossek). Bu davrda yangi janr — komik opera ham paydo boʻla boshladi. Uning yetuk mualliflari qatoriga E. Duni, F. Filidor, kompozitorlardan P. A. Monsini („Dezertir“, 1769), A. E. M. Gretri („Lyusil“, 1769) kiradi. Komik operalar „Opera komik“ teatri (1715-yil SenJermen yarmarkasida teatr sifatida tashkil topgan, 1801-yildan yuqoridagi nom)da qoʻyilgan. 1792-yil J. Ruje de Lil tomonidan „Marselyeza“ yoziddi va u keyinchalik F. milliy madhiyasiga aylandi. 1793-yil Parijda Milliy musika instituti (1795-yildan Musiqa va deklamatsiya konservatoriyasi) ochildi. 19-asr boshlarida Parij jaxrn musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi. Fransuz musiqasidagi romantizm G. Berlioz asarlarida, 19-asr 2yarmida esa lirik opera janri paydo boʻlgach, Sh. Guno, J. Masne, A. Toma, L. Delib asarlarida oʻz aksini topdi. J. Bize ijodi fransuz musiqasida opera realizmining choʻqqisiga aylandi („Karmen“, 1874). 19-asr 80-yillarida F. buyuk R. Vagnerni qarshi oldi. 19-asr 2yarmida operetta janri rivoj topdi (J. Offenbax, F. Erve, Sh. Lekok, R. Planket). 19-asr oxiri — 20-asr boshida S. Frank, K. SenSane, E. Lalo, E. Shosson turli janrlarda samarali ijod qilishdi. Fransiyada shanson (ommabop qoʻshiq) janri gullab yashnadi. 20-asr musiqasida impressionizm yaratildi (K. Debyussi, M. Ravel). Birinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa sanʼatida neoklassitsizm, ekspressionizm, konstruktivizm tobora rivojlandi („Oltilik“ kompozitorlari D. Dyurey, D. Miyo, J. Orik, A. Onegger, F. Pulenk, J. Tayfer va boshqalar). Ikkinchi jahon urushidan soʻng Fransiya musiqa hayoti jonlandi. O. Messian, F. Pulenk, D. Miyo, A. Jolive, A. Core, J. Orik, J. Franse, M. Landovski kabi kompozitorlar ijodi faollashdi. 1950-yillardan dodekafoniya, aleatorika, elektron muyesha, sonorizm, konkret musisha kabi yangi musiqa yoʻnalishlari rivoj topdi (P. Bulez, Ya. Ksenakis, P. Sheffer va boshqalar). 20-asr fransuz yirik ijrochilari: dirijyorlar — P. Montyo, I. Markevich, A. Klyuitens, Sh. Myunsh, L. Forestye, P. Pare, Sh. Bryuk, S. Bodo, J. Martinon, P. Bulez; pianinochilar — A. Korto, M. Long, R. Kazadezyus, I. Nat; skripkachilar — J. Tibo, 3. Francheskatti, J. Neve; violonchelchilar — M. Mareshal, P. Furnye, P. Tortelye; organchilar — Sh. Turnsmir, Sh. Vidor, M. Dyupre, M. Dyurufle; xonandalar — D. Dyuval, J. Krespen, L. Pens; shansonyelar — M. Shevalye, E. Piaf, Sh. Aznavur, J. Beko, J. Dassen, J. Brassens, M. Matyo va boshqa Parij, Avinon, EksanProvans, Strasburg, Bezanson, Bordo, Tur, Ruan, LaRoshelda musiqa tanlov va festivallari oʻtkazib turiladi. Parijda eng muhim musiqa oʻquv yurtlari — konservatoriya, „Sxola kantorum“ (1894-yil asos solingan), „Ekol normal de myuzik“ (1919) hamda grammofon firmalari, musiqa jamiyatlari, Fransiya Milliy musika qoʻmitasi joylashgan. Bir qancha musika jurnallari chop etiladi.

Fransiya teatr sanʼati oʻrta asrlardagi sayyor aktyor va sozandalar, jonglyorlar tomoshalaridan boshlanadi. 9—10-asrlardayoq oʻrta asr teatrida diniy drama vujudga keldi. Ulardan eng mashhuri 15 a. oʻrtalaridagi A. Grebanning „Xudo ehtiroslari misteriyasi“dir. 1599-yildan professional artistlar truppasi ishlay boshladi. Bu birinchi doimiy akterlar jamoasi edi. Ular tragediya, tragikomediya va pastorallar qoʻyar edilar. 17-asrdan J. Rotru, M. Skyuderi pyesalari qoʻyila boshladi. 1634-yil „Mars“ teatri ochildi. P. Kornel, J. Rasin tragediyalari va Molyer komediyalari teatr sanʼati rivojiga katta hissa qoʻshdi. Molyer vafotidan soʻng tashkil etilgan „Komedi Fransez“ teatrida (1680) aktyor M. Baron va tragik aktrisa A. Lekuvryor uning sahna prinsiplarini davom ettirdilar. Fransuz maʼrifatparvarlari teatrni xalqni tarbiyalash vositasi deb bildilar. Maʼrifatparvar klassitsizmning eng yirik aktyorlari J. Brizar, F. Mole, J. Ofren va J. Dyugazondir. Buyuk fransuz inqilobi qahramonlik sanʼatini vujudga keltirdi. 1791-yil „Teatrlar erkinligi haqida dekret“dan soʻng, Parijda 19 teatr tashkil topdi. „Komedi Fransez“ teatrida V. Gyugo, A. Vini, A. Dyuma asarlari koʻrsatildi. Gyugoning „Ernani“ dramasining qoʻyilishi (1830) fransuz teatrida muhim voqea boʻldi. 19-asr 1yarmida bulvar teatrlari paydo boʻldi. 1848-yildan qahramonlik mavzusi yana oldinga chiqdi. 19-asr oxirida E. Zolya yangi „onangni ami“ nomli dramaturgiyani yaratish va teatrlarni isloh etishni talab qilib chiqdi. Fransuz sahnasidagi chuqur oʻzgarishlar A. Antuan nomi bilan bogʻliq. „Erkin teatr“ va „Antuan teatri“ asoschisi, „Odeon“ teatri boshqaruvchisi boʻlgan Antuan oʻz davrining dolzarb muammolarini sahnaga olib chikdi. 1910-yil J. Rushe tomonidan „Teatr dez Ar“ tashkil etildi. 1926-yil toʻrt buyuk rejissor: G. Bati, Sh. Dyullen, L. Juve va J. Pitolar ittifoqi — „Kartel“ tuzildi. Ular koʻproq klassikaga — Molyer, Shekspir, A. P. Chexov, B. Shou, L. Pirandello, P. Klodel, J. Dyuamel, J. Romen, J. Jirodu, J. Anuya, A. Salakru asarlariga murojaat etishdi. 1930-yillar boshida demokratik va antifashistik harakat rivojlandi, xalq teatri katga rol oʻynadi. Ikkinchi jahon urushi-yillari — nemisfashist okkupatsiyasi davrida fransuz teatrlari deyarli ishlamadi. Ilgʻor jamoatchilik Fransiyaning qadimiy teatrlaridan boʻlgan „Komedi Fransez“ni qoʻllabquvvatladi. Unda yirik aktyor va rejissorlardan J. L. Barro, M. Reno, P. Dyuks, J. Rusiyon va boshqalarlar voyaga yetdilar. 40-yillar 2yarmi — 50-yillar 1-yarmida mamlakatda drama markazlarining keng tarmoklari tashkil topdi. Lion, Grenobl, Tuluza, Kann, Bordo, Strasburg va boshqa shaharlarda teatrlar paydo boʻldi. Milliy xalq teatri teatr sanʼatining yetakchi markaziga aylandi. Unda buyuk fransuz aktyorlari J. Filipp, M. Kazares, J. Vilson, D. Sorano, S. Monforlar faoliyat olib bordi. 1970-yillarda Buyuk fransuz inkilobiga bagʻishlangan „1789“ va „1793“ teatrlarining tashkil topishi Fransiya teatri hayotida katta voqea boʻddi.

Fransuz sahna sanʼatining rivojiga aktyor va rejissor J. L. Barro katta hissa koʻshdi. Turmush oʻrtogʻi M. Reno bilan birgalikda „Kompani Reno—Barro“ truppasi yaratildi va u 20-asrda fransuz dramaturgiyasini targib etdi. 1950 — 60-yillarda teatr hayotida „absurd teatri“ katta oʻrin egalladi. 20-asr 2yarmidan Fransiya teatr sanʼati yanada rivojlandi. Bunga 1981 —86 va 1988—93 ylarda Fransiya madaniyat vaziri boʻlib ishlagan J. Lang katta hissa qoʻshdi. Parijning koʻp teatrlari, jumladan, „Grandopera“, „Komedi Fransez“, „Odeon“ va „Shayo“ milliy teatrlari hukumat tomonidan qoʻllab quvvatlandi. J. L. Barro, A. Vite, A. Mnushkin, P. Bruk, R. Blen, R. Planshon, J. Savari kabi rejissorlar mashhur. Fransiyada 42 milliy dramatik markaz mavjud; 170 teatr guruhi shartnoma asosida, 398 guruh dotatsiya asosida faoliyat yuritadi. „Komedi Fransez“ teatri milliy teatr anʼanalarini davom ettirmoqda. 1954-yil tashkil etilgan „Xalqlar teatri“da xalqaro teatr festivallari oʻtkaziladi.

Akauka L. va O. Lyumyerlar tomonidan qoʻyilgan kinematografiyaning dastlabki asarlari (xronikal syujetli „Poyezdning kelishi“, „Bolani emizish“, „Shalabbo boʻlgan suv sepuvchi“ filmlari) 1895-yil 28-dekabrda Parijda namoyish etilgan. Fransiya kinosining ilk davrdagi rivoji kinotryuklarni suratga olish ixtirochisi J. Melyesu nomi bilan bogʻliq. Uning „Film d’ar“ firmasi kinoga mashhur dramaturg, aktyor va kompozitorlarni jalb etdi. 1919-yilda rejissor A. Gans urushga qarshi ruhdagi „Men ayblayman“ pamfletini, rejissor A. Antuan esa bir qancha filmlar („Yer“, 1921; „Arlezianlik ayol“, 1922)ni yaratdi. Birinchi jahon urushidan keyingi-yillarda kinodan tijorat yoʻlida foydalanishga qarshi chiqqan va kinoni badiiy jihatdan yangilashni talab qilgan kino nazariyachilari va amaliyotchilaridan L. Dellyuk, A. Gans, M. L. Erbye, J. Epshteyn, J. Dyulak „Avangard“ harakatiga birlashdilar. Bu harakatdagi bir qancha realist rejissorlar qad. anʼanalarga tayangan holda koʻpgina asarlarni yaratdilar ["Krenkebil" (1922) va „Yangi janoblar“ (1928, rejissor J. Feyder), „Nana“ (1926) va „Kichik gugurt sotuvchi“ (1927, rejissor J. Renuar), „Somon shlyapa“ (1927, rejissor R. Kler)].

30-yillardan fransuz kino sanoati ovozli filmlar chiqara boshladi. 30-yillar oʻrtalarida Fransiya kinematografiyasining ijtimoiy yoʻnalishi Milliy front harakati bilan bogʻliq; „Oktabr“ va „Erkin kino“ uyushmalari tashkil topdi. Bu davr uchun „Marselyeza“ (1938, rejissor R. Renuar), „Buyuk sarob“ (1937, rejissor R. Renuar), „Oxirgi milliarder“ siyosiy satirasi (1934, rejissor R. Kler), „Ahil kompaniya“ (1936, rejissor J.Dyuvivye) kabi filmlar xarakterlidir. Ikkinchi jahon urushi va natsistlar okkupatsiyasi davrida fransuz kinematograflari kurash va jasoratga chorlovchi „Kechki mehmonlar“, „Osmon sizlarga tegishli“ kabi filmlarni yaratdilar. 1944-yil „Parijni ozod etish“ filmi chiqarildi. „Rayka bolalari“ filmi (1945) milliy madaniyatning eng yaxshi gumanistik anʼanalarini oʻzida aks ettirgan, fashizmga qarshi ruhsagi film boʻldi. rejissor R. Klemanning „Relslar ustidagi jang“ filmi ozod etilgan Fransiyaning birinchi kartinalaridan hisoblanadi. Shu davrda yaratilgan mashhur filmlar: „Parma ibodatxonasi“ (1948, rejissor KristianJak), „Qizil va kora“ (1954, rejissor K. OtanLara, ikkisi ham Stendal asarlari asosida), „Tereza Raken“ (1953, rejissor M. Karne), „Jerveza“ (1956, rejissor R. Kleman, ikkisi ham Zolya asarlari asosida), „Oʻlimga mahkum qilingan qochdi“ (1956, rejissor R. Bresson). 1940 —50-yillar boshlaridaJ. Filipp, Burvil, J. Mare, M. Kazares, L. de Fyunes, S. Rejani va boshqa aktyorlar mashhur. 50-yillarning 2yarmida yaratilgan filmlarning kupi koʻngil ochar filmlar boʻldi. Fransiya kinematografiyachilari kuchli ijtimoiy qahramonni fashistlarga qarshi kurash mavzusidan topdilar. „Kun va soat“ (1963), „Parij yonyaptimi?“ (1966) filmlari fashizmga qarshi ruhda yaratildi. 1968-yildan keyin asosan siyosiy mavzuda, fransuz mehnatkashlarining hayoti haqida filmlar yaratila boshladi. J. Tatining „Bayram kuni“ (1949), „Mening amakim“ (1958), Kristian Jakning „FanfanTyulpan“ (1952), „Qonun — bu qonun“ (1958), P. Eteksning „Ohtortuvchi“ (1963), „Yoyo“ (1965) filmlari komediya janriga mansub. Fransiya kiska metrajli filmlari (rejissor A. Lamorisning „Qizil shar“), P. Grimoning multiplikatsiyalari, J. Rushaning ijtimoiy filmlari mashhur. 70ylar oʻrtalariga kelib, fransuz kinosida oʻtkir mavzulardan chekinish kuzatiladi, bu davrda koʻngil ochar kinolarni ishlab chiqarish keng rivojlandi. 60 —70-yillardagi eng mashhur aktyorlar sirasiga: J. Gaben, J. Moro, J. L. Trentinyan, J. P. Belmondo, K. Denyov, A. Delon, A. Jirardo va boshqa kiradi. Eng yaxshi fransuz tasvirchilari: R. Yuber, A. Tirar, R. Kutar, A. Alekan, A. Deke. Fransuz va jahon kinosi tarixi va nazariyasiga oʻzlarining fikr va goyalari bilan katta xissa qoʻshgan kishilar: L. Mussinak, J. Sadul, A. Bazen, J. Mitri, A. Ajel, K. Mets va boshqa 1943-yil tuzilgan Oliy kino taʼlimi instituti rejissor, tasvirchi, montajchilarni tayyorlaydi. 1946-yildan Kannda har-yili Xalqaro kinofestival oʻtkaziladi. 1936-yil „Sinematika“, 1972-yil Kino tarixi muzeyi ochilgan. 1976-yilda Amerikaning „Oscar“ mukofotiga oʻxshash „Sezar“ milliy kino mukofoti taʼsis etilgan. 1970 —90-yillarda rejissorlar J.Sh. Takell („Jiyanlar“, 1975), D. Vin („Martin Gerrning qaytishi“, 1984), D. Kyuri („Oramizda“, 1985), K. Berri („Jan de Florett“, 1987), J. Rivett („Maftunkor yongʻoq daraxti“, 1991), R. Varnyer („Hindixitoy“, 1992) hishayajonli hamda anʼanaviy mavzularda filmlar yaratishdi. Fransiyada 4400 kinoteatr mavjud,-yiliga 130 ga yaqin toʻliq metrajli film yaratiladi (2003).

Qoʻshimcha maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Fransiya“ Yevropada, muharirlar — Ferdie McDonald, Claire Marsden va Dorling Kindersley (Gale, 2010), 144-217-betlar. online
  • „France“ in Worldmark Encyclopedia of the Nations, muharirlar — Timothy L. Gall and Derek M. Gleason, (13-nashr., 5-jild: Yevropa, Gale, 2012), pp. 215-243. online
  1. „Religions in France | French Religion Data | GRF“.
  2. „Surface water and surface water change“. Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD). Qaraldi: 11-oktabr 2020-yil.
  3. „Demography – Population at the beginning of the month – France“. Insee (2019). Qaraldi: 31-iyul 2019-yil.
  4. 4,0 4,1 4,2 „World Economic Outlook Database, April 2021“. imf.org. International Monetary Fund. Qaraldi: 6-aprel 2021-yil.
  5. „France“. UNGEGN World Geographical Names. New York, NY: United Nations Group of Experts on Geographical Names. Qaraldi: 27-noyabr 2020.