Kontent qismiga oʻtish

Katta yigirmatalik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(G20dan yoʻnaltirildi)
G20 aʼzolari
Toʻq koʻk rangda Katta yigirmatalik aʼzolari belgilangan. Och-havorangda Yevropa Ittifoqi aʼzolari belgilangan.

G20 mamlakatlari

  1. Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
  2. Argentina bayrogʻi Argentina
  3. Braziliya bayrogʻi Braziliya
  4. Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
  5. Olmoniya bayrogʻi Olmoniya
  6. Yevropa Ittifoqi
  7. Hindiston bayrogʻi Hindiston
  8. Indoneziya Indoneziya
  9. Italiya bayrogʻi Italiya
  10. Kanada bayrogʻi Kanada
  11. Xitoy bayrogʻi Xitoy
  12. Meksika bayrogʻi Meksika
  13. Rossiya bayrogʻi Rossiya
  14. Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni
  15. AQSH bayrogʻi AQSh
  16. Turkiya bayrogʻi Turkiya
  17. Fransiya bayrogʻi Fransiya
  18. Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi
  19. JAR bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi
  20. Yaponiya bayrogʻi Yaponiya

G20; Yigirmatalik guruh (rasman: inglizcha: Group of Twenty Finance Ministers and Central Bank Governors) — Moliya vazirlari va Markaziy banklar uchun xalqaro anjumanlar muhokama qilinadigan forum. Va oʻz ichiga 20 iqtisodiy kuchga ega mamlakatlar: 19-tasi yirik iqtisodiy mamlakatlar va Yevropa maslahati kengashi hamda Yevropa Komissiyasi bilan Yevropa Ittifoqi G20 aʼzolari hisoblanadi. Bundan tashqari G20 sammitlarida odatda xalqaro tashkilotlar doimiy ishtirokchilar roʻyxatidan joy olgan. Xalqaro Valyuta Jamgʻarmasi, Jahon banki va Birlashgan Millatlar Tashkiloti shular jumlasidandir.[1].

Umumiy hisobga olganda G20 jahon iqtisodiyotining 90 % Yalpi ichki mahsulotni , 80 % Xalqaro savdoni (Yevropa Ittifoqi bilan qoʻshib hisoblaganda) va Yer aholisining uchdan ikki qismini tashkil qiladi.[2].

Xalqaro moliya tizimiga tegishli boʻlgan savollar boʻyicha va hamkorlik uchun asosiy forumlardan hisoblanadi. 2008-yilga qadar G20 biron bir oliy maqomda sammitlar oʻtkazmagan va sammitning asosiy faoliyat tartibi har yili moliya vazirlari va markaziy bank raislarining oliy maqomda uchrashuvlar oʻtkazishi shular qatoriga kiritilgan. 90-nchi yillarda roʻy bergan Moliyaviy inqirozga javoban tashkil etilgan va biron bir rivojlanayotgan mamlakatlar jahon iqtisodiyoti muammolarini muhokama qilishga va kerakli choralar qabul qilinishi huquqiga ega mamlakatlar (inglizcha: emerging-market countries) qatorida qayd etilmagan.

Ilk konferensiya 1999-yilning 15-16-dekabrlarida Berlinda boʻlib oʻtgan. Yigirmatalik guruh— rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy va moliyaviy siyosat savollar borasida dialog yuritish uchun — sanoat borasida rivojlangan yetti mamlakatlar — Birlashgan Qirollik, Italiya, Kanada, AQSh, Olmoniya, Fransiya va Yaponiya kabi mamlakatlarning moliya vazirlari taklifiga binoan joriy etilgan.

Sana Davlat Oʻtkazilgan joylar Qaydlar
Sammit oʻtqazilgan davlatlar
1415 noyabr 2008-yil AQSH bayrogʻi AQSh Inqirozga qarshi sammit (2008) 2008-yilning 1415-noyabrlarida Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bilan bogʻliq boʻlgan savollar muhokamasi sifatida Vashingtonda oʻtkazilgan. Fransiya Prezidenti Nicolas Sarkozy va Britaniya Bosh vaziri Gordon Brownlarning takliflari bilan sammit oliy maqomda oʻz faoliyatini boshlagan.[3].
2-aprel 2009-yil Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik Excel London Summer 2011 Londondagi G-20 sammiti (2009) 2009-yilning 2-aprelda Birlashgan Qirollik poytaxti London shahrida boʻli oʻtgan. Londondagi sammitda Britaniya Moliya vazirligi uchrashuv aynan shu mamlakatda oʻtkazilishi sababli ishlab chiqarishni kengaytirish takliflarini ilgari surishgan. Bundan asosiy koʻzlangan maqsad ʻ’global kuchlarni boshqarish uchun oʻrta hajmdagi yangi oʻzgartirishlar kiritish protsessini boshlash’’ ekanligini Britaniaylik mulozimlar tomonidan taʼkidlangan.
24-25 sentabr 2009-yil AQSH bayrogʻi AQSh Pittsburgdagi G-20 sammiti (2009) 24-25 sentabr kunlari AQShning yirik shaharlaridan biri Pittsburgda boʻlib oʻtgan.[4]. Sammit soʻngida: bank andozalarini birgalikda salohiyatini oshirish, jumladan iqtisodiy siyosat muhitini yaratish va unda barcha G20ga aʼzo davlatlarning teng huquqli ishtirokini taʼminlash kabi masaʼalarga oydinlik kiritilgan. Hamda 2009-yilning 6-noyabrida Shotlandiyaning Sent-Endryus shahrida G20ga aʼzo mamlakatlarning Moliya vazirlaridan tarkib topgan, ikki kunlik assambleya ham boʻlib oʻtgan.[5].
26-27 iyun 2010-yil Kanada bayrogʻi Kanada Torontodagi G-20 sammiti (2010) 2010-yilning 26-27 iyunlarida Kanadaning Toronto shahrida boʻlib oʻtgan.[6]. Asosiy kelishuvlardan biri bu rivojlangan mamlakatlarning har yillik byudjet defitsitini 2013-yilga qadar ikki marotiba qisqartirilishini maʼlum qilgan.[7].
11-12 noyabr 2010-yil Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi Seuldagi G-20 sammiti (2010) G20 vakil davlatlar hukumati rahbarlarining beshinchi uchrashuvi, 2010-yilning 11-12-noyabrlarida Janubiy Koreyaning poytaxti Seul shahrida oʻtkazilgan. Jahon moliya sistemasida va iqtisodiyotida[8] kuzatilgan keskin oʻzgarishlar hamda birdaniga moliya bozorlari inqirozga yuz tutgani sammit chogʻida muhokama qilingan. Seul shahri G20 sammitlari tarixida ilk bor mezbonlikni qoʻlga kiritgan.[9]
3-4 noyabr 2011-yil Fransiya bayrogʻi Fransiya Kannidagi G-20 sammiti (2011) Sammit 2011-yilning 34-noyabrlarida Fransiyaning Kanni shahrida bolib otgan.Sammit oldiga qoyilgan asosiy mavzulardan biri bu Banklar taftishini kuchaytirish va qattiq nazoratga olish kozda tutilib va G20 azolari vakillari banklar faoliyatini qattiq tartibda nazorat qilish qonuni qabul qilingan.
18-19 iyun 2012-yil Meksika bayrogʻi Meksika Fayl:Los-Kabos Kelishuvi Markazi.jpg Los-Kabosdagi G-20 sammiti (2012) 2012-yil 18-19 iyun kunlari Katta yigirmattalikga aʼzo mamlakatlar vakillari ishtirokidagi 7-chi sammit halqaro ravishda Meksikaning Los-Kabos shahrida boʻlib oʻtgan. Ushbu sammitda Jahon moliya inqiroziga tobora botib borayotgan jahon iqtisodiyotini qutqarish masʼalalari koʻtarilgan hamda asosiy diqqat Yevropa inqirozidan aziyat koʻrgan davlatlarning iqtisodiy savollariga javob topish muammolari sammit mavzusi sifatida koʻrilgan.
5 - 6 sentabr 2013 Rossiya bayrogʻi Rossiya Sankt-Peterburgdagi G-20 sammiti (2013) 2013-yilning 5 - 6-sentabrida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Katta yigirmatalik tarkibidagi mamlakatlar ishtirokidagi navbatdagi sakkizinchi uchrashuv boʻlib oʻtgan.

Sherpoy — Rossiya Prezidentining rivojlangan industrial mamlakatlar guruhi boʻyicha raisi va Katta yigirmatalik ishtirokidagi mamlakatlar raislari bilan bogʻliq Rossiya Prezidentining ekspert boshqaruvi boshligʻi etilib Kseniya Yudaeva tayinlangan[10][11][12][13]. Sammitda koʻrilishi uchun taqdim etilgan asosiy mavzular:

  1. Mustahkamlilik, ishonarli va ikki tomonlama oʻsishga asoslangan Ramoch roziligini hayotda tadbiq etish;
  2. Mashgʻullikni taʼminlash;
  3. Halqaro moliyaviy valyuta sistemasiga oʻzgartirishlar kiritish;
  4. Moliyaviy izchillikni oʻzgartirish;
  5. Globallashgan energetik bozorni rivojlanishini mustahkamlash;
  6. Halqaro rivoshlanishni xarakatlantirish;
  7. Koʻptomonli shakllangan savdoni taraqqiylashtirish;
  8. Poraxoʻrlikga qarshi kurashish.
15-16 noyabr 2014-yil Avstraliya bayrogʻi Avstraliya Fayl:Brisben Kelishuvi Markazi.jpg Brisbendagi G-20 sammiti (2014) 15-16 noyabr kunlari Avstraliyaning Brisben shahrida 9-nchi sammitini oʻtqazgan. Avstraliya Bosh vaziri Toni Ebbot Tinch okeani boʻyidagi Brisben shahrida G20 sammitini ochayotib, davlatlarni global iqtisodiyotni kengaytirishga undagan.Dunyoning eng qudratli 20 davlati asosiy eʼtiborni iqtisod, mintaqaviy mojarolar va iqlimdagi muammolarga qaratishi kerak, deya oʻz fikrini bildirgan Abbott.

Qayerga qaramang, muammo va qiyinchiliklar. Yaqin Sharqda urushlar, Sharqiy Yevropada ham notinchlik. Afrikada ham ahvol og'ir. Umid va optimizm bilan harakat qilishimiz, rivojlangan mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqarib, masalalarni hal etishimiz kerak- degan Avstraliya rahbari.

Sammitda har bir davlat kelasi besh yilda oʻz iqtisodiyotini koʻtarish uchun qanday rejaga ekanini tushuntirib berishi kutilgan. Global ishlab chiqarish miqdorini 2 trillion dollarga yetkazish rejalangan.[14]

  1. G-20 Membership (Wayback Machine saytida 2011-05-04 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2011-05-04 sanasida arxivlangan) Informatsiya na ofitsialnom sayte G-20
  2. About the G-20 (Wayback Machine saytida 2008-11-06 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2008-11-06 sanasida arxivlangan) Informatsiya na ofitsialnom sayte G-20
  3. Lex Rieffel. „The G-20 Summit: What’s It All About?“. Brookings Institute (2008-yil 27-oktyabr). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-aprel.
  4. Ofits.sayt — www.pittsburghsummit.gov, 2009-08-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-21 {{citation}}: no-break space character in |title= at position 11 (yordam)
  5. The Search Engine that Does at (Wayback Machine saytida 2017-09-08 sanasida arxivlangan). // InfoWeb.net
  6. „В Торонто проходит саммит "двадцатки"“. ИТАР-ТАСС (27 июня 2010 года).
  7. „Страны G20 договорились вдвое сократить дефицит бюджета“. Lenta.ru (2010-yil 27-iyun). 2012-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyul.
  8. Cho Jin-seo. "Seoul unveils G20 summitʼs symbol, " Korea Times (ROK). 8-iyul 2010-yil; retrieved 10-Nov 2010-yil.
  9. Oliver, Christian. "Seoul: S Korea looks forward to its own party, " Financial Times (UK). 25-iyun 2010-yil.
  10. Russia will host G20 summit in 2013 (Wayback Machine saytida 2012-06-19 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2012-06-19 sanasida arxivlangan), at russkie-prostori.com, 6-mart 2012-yil
  11. Russia to host G20 summit in 2013 (Wayback Machine saytida 2013-02-08 sanasida arxivlangan), RIA Novosti,4-noyabr 2011-yil
  12. Saint Petersburg to hold G20 Summit of 2013 (Wayback Machine saytida 2013-02-08 sanasida arxivlangan) (Wayback Machine saytida 2013-02-08 sanasida arxivlangan), Voice of Russia, 12-aprel 2012-yil
  13. „Saint Petersburg to hold G20 Summit of 2013“. Strategic-culture.org (12-aprel 2012-yil). 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2013-02-18 sanasida arxivlangan)
  14. http://www.amerikaovozi.com/content/g20-economy/2521557.html