Gabon ommaviy axborot vositalari
Gabondagi ommaviy axborot vositalari – asosan Gabon hukumati tomonidan nazorat qilinadi. Asosiy gazetalar hukumat bilan bogʻliq boʻlsa-da, xususiy teleradiokompaniyalar va asosan muxolifat partiyalar tomonidan nazorat qilinadigan xususiy haftalik gazetalar mavjud.
Ikkita yirik telestansiya mavjud. Ulardan biri fransuz radio tarmogʻi boʻlsa, ikkinchisi viloyat radiostansiyasi hisoblanadi[1].
Televideniyesi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Radiodiffusion – Télévision Gabonaise (RTG) 1959-yilda tashkil etilgan[2]. Radio Télévision Gabonaise davlat tomonidan boshqariladigan televizion stansiyalardan biridir. Ularning tarmogʻida ikkita kanal ishlaydi.
Gabon 24 – 2016-yil 24-mayda ishga tushirilgan Gabonning birinchi ikki tilli uzluksiz yangiliklar telekanalidir[3][4].
Télé africa – toʻrtta xususiy televideniye stantsiyalaridan biri.
Radiosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1980-yilda Afrikaning 1-sonli tijorat radiostansiyasi tashkil etilgan[2]. 2003-yilda aholining taxminan 50 foizi radiodan foydalanishi aniqlangan.
Internet tarmogʻi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilga kelib, taxminan 109 000 kishi Internetdan foydalanishi aniqlangan[1].
Soʻz erkinligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gabon Konstitutsiyasi 1991-yil 26-martda qabul qilingan. Konstitutsiya 1991-yilda kuchga kirganidan beri unga beshta oʻzgartirish kiritilgan. Konstitutsiya soʻz va matbuot erkinligini himoya qiladi[5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 BBC News Africa. „Gabon profile“. BBC (2012). Qaraldi: 2013-yil 9-may.
- ↑ 2,0 2,1 Europa 2004.
- ↑ [sayt ishlamaydi].
- ↑ Claire Rainfroy. „Télévision : la chaîne d’information en continu Gabon 24 voit le jour“ (fr). JeuneAfrique.com (2016-yil 26-may). Qaraldi: 2019-yil 29-mart..
- ↑ World Intellectual Property Organization. „Constitution of the Gabonese Republic“. Constitution/Basic Law. World Intellectual Property Organization (2003).