Kontent qismiga oʻtish

Gabriele Berghofer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gabriele Berghofer
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 26-iyun 1963-yil (1963-06-26) (61 yosh)
Sport
Mamlakat Avstriya bayrogʻi Avstriya
Qaysi sport Yengil atletika
Togʻ changʻi sporti
Nordic skiing
Medallar
Sport mukofotlari
Avstriya bayrogʻi Avstriya vakili
Yozgi Paralimpiada o‘yinlari
Oltin 1984 Stoke Mandeville/New York Pentatlon B2
Bronza 1984 Stoke Mandeville/New York Yadro uloqtirish B2
Qishki Paralimpiada o‘yinlari
Togʻ changʻi sporti
Kumush 1988 Insburk Gigant slalom B2
Bronza 1984 Insburk Gigant slalom B2
Bronza 1988 Insburk Pastga tushish B2
Biatlon
Kumush 1998 Nagano 7.5km B2-3
Kumush 1998 Nagano 3x2.5km ochiq estafeta

Gabriele Berghofer (1963-yil 26-iyunda tugʻilgan) – avstriyalik togʻ changʻisi va yengil atletka bilan shugʻullanuvchi paralimpiya sportchisi. U Avstriya sharafini qishki va yozgi Paralimpiada oʻyinlarida togʻ changʻisi, shimoliy changʻi va yengil atletika yoʻnalishlarida himoya qilgan. U jami yettita medalni qoʻlga kiritgan, jumladan: bitta oltin, uchta kumush va uchta bronza[1][2].

Gabriele Berghofer 1980-yilgi yozgi Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan. U pentatlonning B toifasida 4105 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egallagan[3].

Gabriele Berghofer 1984-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlarida ham ishtirok etgan. Berghofer 2014 ochko bilan pentatlonda oltin medalni[4] va yadro uloqtirishda 7,35 m lik natija bilan bronza (9,14 m lik natija bilan Janet Rouli kumush va 8,51 m lik natija bilan bilan Michelle Messagedan bronza) medalini qoʻlga kiritgan[5].

1984-yilgi Qishki Paralimpiadaa oʻyinlarida Berghofer B2 gigant slalomda 3:09,74 lik vaqt natijasi bilan uchinchi oʻrinni egallagan (1-oʻrinda Vivienne Martin poygani 3: 02,85 va 2-oʻrinda Connie Conley 3: 09,45)[6].

1988-yilda Insbrukda boʻlib oʻtgan Qishki Paralimpiadaa oʻyinlarida Gabriele Berghofer B2 gigant slalom boʻyicha kumush medalni (2:04,13 lik vaqt natijasi bilan)[7] va B2 toifasidagi pastga tushish poygasida 0:54,28 (vatandoshlari Elisabeth Dos-Kellner 0: 53,24 Edith Hoelzl 0: 54,10) lik vaqt koʻrsatkichi bilan bronza medalini qoʻlga kiritgan[8].

1998-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlarida Berghofer, paralimpiya shimoliy changʻi sportida qatnashgan va bu yoʻnalishda ikkita kumush medalini qoʻlga kiritgan, jumladan: 7,5 km lik B2-3 toifasidagi poygada (1-oʻrinda Miyuki Kobayashi va 3-oʻrinda Syuzan Wohlmacher)[9] va 3x2,5 km ga ayollar ochiq estafetasida hamrohlari Renata Hoenisch va Elisabeth Maxwald bilan birga muvaffaqiyatga erishgan[10].

  1. „Gabriele Berghofer - Alpine skiing, Athletics, Nordic Skiing | Paralympic Athlete Profile“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  2. „Gabriele Berghofer - Austrian Paralympic Committee (in German)“. Austrian Paralympic Committee (2023-yil 26-yanvar).
  3. „Arnhem 1980 - athletics – womens-pentathlon-b“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  4. „Stoke Mandeville & New York 1984 - athletics – womens-pentathlon-b2“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  5. „Stoke Mandeville & New York 1984 - athletics – womens-shot-put-b2“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  6. „Innsbruck 1984 - alpine-skiing – womens-giant-slalom-b2“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  7. „Innsbruck 1988 - alpine-skiing – womens-giant-slalom-b2“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  8. „Innsbruck 1988 - alpine-skiing – womens-downhill-b2“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  9. „Nagano 1998 - biathlon – womens-75-km-b2-3“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
  10. „Nagano 1998 - cross-country – womens-3x25-km-relay-open“ (en). International Paralympic Committee. Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.