Kontent qismiga oʻtish

Galantamin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galantamin (Galanthaminum) — boychechak va ungerniya oʻsimligining ayrim turlaridan olinadigan alkaloid. Achchiq oq poroshok. Tana va silliq muskullar tonusi pasayganda, harakatlantiruvchi va sezuvchi nervlar funksiyasi buzilganda, poliomiyelit va bolalarning serebral falajida qoʻllanadi. Galantamin gidrobromidning suvdagi eritmasi teri ostiga yuboriladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil