Galina Molchanova
Galina Molchanova Georgiyevna | |
---|---|
Tavalludi |
24-oktyabr 1945-yil Toshkent OʻzSSR SSSR |
Fuqaroligi | SSSR – Rossiya |
Ish joylari | MGU |
Ilmiy darajasi | fan doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Galina Georgiyevna Molchanova (1945-yil 24-oktyabr, Toshkent) – sovet va rus filologi, tilshunos va oʻqituvchi, filologiya fanlari doktori (1991), professor (1992). Rossiya Federatsiyasi Oliy maktabining xizmat koʻrsatgan xodimi (2006).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1945-yil 24-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan.
1963–1968-yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida, 1968–1971-yillarda esa shu fakultet aspiranturasida tahsil oldi. 1971–1992-yillarda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1992-yildan Moskva davlat universitetida pedagogik faoliyati davomida professor va 2003-yildan Tilshunoslik va madaniyatlararo aloqa kafedrasi mudirasi, 2012-yildan esa Moskva chet tillari va mintaqashunoslik fakulteti dekani[1] lavozimida faoliyat olib borgan.
1976-yilda Galina Molchanova filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun „Maksimlarning lingvistik tabiati va stilistik funktsiyalari“, hamda 1991-yilda filologiya fanlari doktori darajasini olish uchun „Matn semantikasining implikativ jihatlari“ mavzularida dissertatsiya himoya qildi. 1992-yilda Oliy attestatsiya komissiyasining buyrugʻi bilan unga professor ilmiy unvoni berilgan[1].
Molchanovaning asosiy ilmiy faoliyati tilshunoslik nazariyasi va semantikasi, ingliz tili stilistikasi va matn lingvistikasi, qiyosiy va umumiy tilshunoslik sohasidagi masalalar bilan bogʻliq edi. Asosiy ishlari „Ingliz tili ikkinchi til sifatida: matn, uslub. Kommunikatsiya“ (2007), „Matn talqini“ (1990) va „Madaniyatlararo muloqotning kognitiv polikodi: ogʻzaki va ogʻzaki boʻlmagan“ (2014) darsliklarini ishlab chiqdi[1]. Molchanova 100 dan ortiq nashrlar va darsliklar, shu jumladan yettita monografiya[2], ilmiy jurnallarda 90 dan ortiq maqolalar, hamda ikkita tadqiqot ishi muallifi va 2013-yilda „Ilmiy eslatmalar milliy amaliy tilshunoslik jamiyati“ toʻplamining tahririyat hay’ati aʼzosi boʻlgan. Asosiy faoliyati bilan bir qatorda 2013-yildan buyon Sanʼatshunoslik va filologiya boʻyicha Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi aʼzosi boʻlib, uning rahbarligida yettidan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari tugatilgan[3].
2006-yil 3-oktyabrda Rossiya Prezidentining „Ilmiy-pedagogik faoliyatdagi xizmatlari va malakali mutaxassislarni tayyorlashga qoʻshgan katta hissasi uchun“ farmoni bilan Molchanovaga Rossiya Federatsiyasi Oliy maktabining xizmat koʻrsatgan xodimi faxriy unvoni berildi[4]. 2009-yilda oʻzining pedagogik faoliyati uchun M. V. Lomonosov nomidagi mukofotga sazovor boʻlgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „Молчанова, Галина Георгиевна“. Летопись МГУ. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ „К юбилею Г.Г. Молчановой“. МГУ. 2020-yil 5-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ „Молчанова, Галина Георгиевна“. Интеллектуальная система МГУ. 2021-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 03.10.2006 г. № 1081“. Президент России. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-mart.