Kontent qismiga oʻtish

Galle

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Galle — Germaniyadagi shahar, Saksoniya-Anxalt yerida. Zaale daryosi boʻyida. Aholisi 303 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni, daryo porti. Kime sanoatining yirik markazi. Mashinasozlik rivojlangan, yirik vagonsozlik zavodi bor. Oziq-ovqat, kimyo-farmatsevtika va yogochsozlik korxonalari mavjud. Shahar yaqinidan kumir va tosh tuzi qazib chiqariladi. Mamlakatning kitob nashr qiluvchi markazlaridan biri. Tabiiy fanlar akademiyasi (1652), universitet (1694), ikkita ilmiy tadqiqot instituti, pedagogika instituti, teatrlar, hayvonot bogʻi, muzeylar bor. 14— 16-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlanib qolgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil