Galley kometasi
Galley kometasi — dumli yulduz. Ingliz olimi E. Galley 1705-yilda kashf qilgan va uning Quyosh sistemasi aʼzosi ekanligini isbotlagan. Kometaning Quyosh atrofida aylanish davri taxminan 76 yilga teng. 1910 va 1986-yillarda Quyoshga yaqinlashganida avvaldan tuzilgan bir qancha xalqaro dasturlarga muvofiq kuzatuv ishlari olib borildi. 1910-yilda Quyoshga yaqinlashishida uning dumi 140° boʻlib, Yer shari uning dumi orasidan oʻtgan boʻlishi kerak, orbitasining ekssentrisiteti 0,967, perigeliyda Quyoshdan uzoqligi 0,6 astronomik birlikka teng. Quyoshga har gal yaqinlashganida ilgarigiga qaraganda xiraroq koʻrinadi. 1986-yilga yaqin kelishida ham 1910-yildagiga qaraganda 2— 3 marta xiraroq edi. Shunga qaramay, oddiy teleskopik kuzatishlardan tashqari G.k.ga sobiq Ittifoq ("Vega-1", 1986.6.3, "Vega-2", 1986.9.3), AQSH, Yaponiya, Fransiya, Germaniya ("Jotto", 1986.14.3)dan maxsus kosmik apparatlar uchirilib, G.k. yaqinida har tomonlama tekshirishlar olib borildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |