GameSpy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GameSpy Industries Inc.
Turi Sho`ba
Tarmogʻi Ko`ngilochar
Egasi IGN Entertainment
Qachon asos solingan 1999-yil
Qchon tugatilgan 2013-yil 21-fevral
Tugatilish sababi Glu Mobile tomonidan sotib olindi
Joylashuvi AQSH,Kaliforniya
Asoschi(lari) Mark Surfas
Prezidenti Mark Surfas
Vebsayti gamespy.com

GameSpy Industries Inc. 1999-yil Mark Surfas tomonidan yaratilgan onlayn o`yin xizmatlari bilan shug`ullanadigan kompaniya.Mark Surfas Quake uchun QSpy nomli ko`p o`yinchilik server brauzeri yaratayotganda GameSpy nomi ostida o`zining yangi yaratilgan kompaniyasi GameSpy Industries Inc. orqali shaxsiy litsenziya oldi.Bu kompaniyaning qo`lida yana gamespy.com va videoo`yinlar haqida ma`lumot beruvchi vebsayti planetnetwork.com bor.

2014-yil 4-martda GameSpy IGN bilan birlashdi[1].Bu hodisa internet tarixidagi eng katta ko`ngilochar media va xizmatlar ko`rsatuvchi kompaniyalardan biri bo`ldi.ComScore tadqiqotiga ko`ra IGN va GameSpy vebsaytlari birgalikda 25 million doimiy kuzatuvchilarga ega bo`ldi va 2004-yil yanvar oyida 1 milliardga yaqin sahifa kuzatuvlarga erishdi.IGN/GameSpy foydalanuvchilarga bepul va pullik xizmatlarning keng spektrini taklif etdi.Kompaniyaning GameSpy Arcade match yaratuvchi xizmati o`zining sanoat tizimida yetakchilikda qilar edi.

Mark Yung,IGN ning bosh direktori endi IGN bilan birga GameSpy ga ham bosh direktor bo`ldi.Mark Surfas,GameSpy ning avvalgi bosh direktori qo`shma kompaniyaning bosh maslahatchi xizmat ko`rsata boshladi.Qo`shma kompaniyaning nomi IGN Entertainment Inc. Bo`ldi. Va uning shtab kvartirasi Kaliforniya, Brisbeynga ko`chirildi.[2]

2012-yil Avgust oyida GameSpy Industries Inc.(GameSpy vebsaytiga javobgar bo`lgan shirkat) Glu Mobile tomonidan IGN dan sotib olindi.Shu yilning dekabr oyida bir qancha eski o`yinlar uchun serverlarini foydalanuvchilarni ogohlantirmay o`chirib tashladi,va bu holat ko`pchilik foydalanuvchilarning g`azabini keltirdi.2014-yil Aprel oyida Glu Mobile GameSpy ning barcha xizmatlari va vebsaytini shu yilning 31-may kunida o`chirib tashlashini, buning sababi qilib Glu ning shaxsiy xizmatlariga ko`proq e`tibor berish ekanligini aytib o`tishdi.[3] Manbalar:

  1. „IGN/GameSpy Merger Creates One of the Internet's Largest Game and Entertainment-Focused Companies“. 2023-yil,11-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „GameSpy“, Wikipedia (inglizcha), 2024-03-26, qaraldi: 2024-05-17
  3. „Glu Mobile finally explains why Gamespy has to go“. 2021-yil sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.