Gamma-spektrometr
Gamma-spektrometr - gammanurlanish energiyasini oʻlchaydigan asbob. Magnitli, kristall (difraksion) va ssintillyatsion gamma-spektrometr koʻproq ishlatiladi. Magnitli gamma-spektrometr ikkilamchi elektronlar (tepki elektronlar, foto-elektronlar, elektron-pozitron juftlar)ni tazushl kilishda ishlatiladi. Magnitli gamma-spektrometrning turi — gamma-godoskop elektronlar trayektoriyasi va energiyasini aniklaydi. Kristall gamma-spektrometrning ishlashi kristall panjarada u-nurlanish difraksiyalanishiga asoslangan. Kristall gamma-spektrometr gamma-nurlanish energiyasini juda toʻgʻri oʻlchaydi, lekin tuzilishi murakkab boʻlgani uchun kam ishlatiladi. Gamma-kvant moddaga yutilganda paydo boʻladigan ikkilamchi elektronni ssintillyatsion gamma-spektrometr qayd qiladi. Bunday gamma-spektrometrning ajrata olish qobiliyati magnitli va kristall Gamma-spektrometrnikidan kichik, lekin sodda va ishlatish qulay boʻlgani uchun koʻp qoʻllanadi. Gamma-spektrometr yadro reaksiyalarini va elementar zarralarni qayd qilishda, metallurgiya va hokazo sohalarda ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |