Gamon
Gamon, gamonlar (yun. gamos — nikoh, juftlashuv) — jinsiy hujayralardan chiqadigan va urugʻlanishga yordam beradigan moddalar. Oʻz jinsi va qarama-qarshi jins gametalariga maxsus taʼsir koʻrsatib, ularning uchrashuviga, spermatozoidning tuxum hujayraga qoʻshilishiga yordam beradi. Urgʻochi gametalar ajratib chiqaradigan moddalar ginogamonlar (Gg), erkaklari ajratadiganlari androgamonlar (Ag) deb ataladi. G. suvoʻtlar, zamburugʻlar, mollyuskalar, halqali chuvalchanglar, ninaterililar va xordalilarda topilgan. Ayrim Gg lar spermatozoidlarning harakatini kuchaytirsa, boshqasi spermatozoidlarning agglyutinatsiyasini keltirib chiqaradi. Baʼzi Ag spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi. Boshqalari tuxum kortikal qatlami va tuxum qobigʻini erituvchi spermatozoid lizinining suyuqlanishiga olib keladi. G.lar quyi molekulali birikmalar, oqsillardir.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |