Gan Teik Chai
James Gan Teik Chai (颜德财) (talaffuzi: Jeyms Gan Tek Chay) (1983-yil 5-fevralda tugʻilgan) – malayziyalik badmintonchi sportchilardan biri.[1][2] U 2004-yilda Ku Kien Keat bilan hamkorlikda oʻzining oʻyinlarini boshlagan va shu yilda oʻtkazilgan Fransiya xalqaro turnirida erkaklar oʻrtasidagi juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan[3]. U Tan Bin Shen bilan 2009-yilda Avstraliya Ochiq Gran-pri turnirida ham gʻolib chiqqan[4]. Ong Soon Xok bilan hamkorlikda u 2012-yilda Mavrikiya, Argentina va Braziliyada oʻtkazilgan BWF xalqaro turnirida ham gʻolib boʻlgan[5][6].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlari, deb ham tanilgan, ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan sport tadbirlaridan biridir. Asosiy ishtirokchilari hozirgi Janubi-Sharqiy Osiyoning 11 mamlakatidan tashrif buyuradilar. Oʻyinlar janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlari Federatsiyasi, xalqaro Olimpiya qoʻmitasi (XOQ) va Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA) tomonidan nazorat ostiga olingan.
Janubi-Sharqiy Osiyo oʻyinlarining beshta subregional oʻyinlaridan biri Osiyo Olimpiya Kengashi (OCA)dir. Shuningdek, Markaziy Osiyo oʻyinlari, Sharqiy Osiyo yoshlar oʻyinlari, Janubiy Osiyo oʻyinlari va Gʻarbiy Osiyo oʻyinlarini misol keltirish mumkin.
Erkak juftliklari:
Yil | Joy | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2007-yil | Wongchawalitkul universiteti, Nakhon Ratchasima, Tailand |
Lin Vun Fui | Markis Kido Hendra Setiavan |
15–21, 17–21 | Bronza |
BWF Superseriyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yil 14-dekabrda boshlangan va 2007-yilda joriy etilgan BWF Superseriyalari[7] Badminton Butunjahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan elita badminton turnirlari seriyasi hisoblanadi. BWF Superseriya darajalari Superseries va Superseries Premier boʻlgan. Superseriya mavsumi butun dunyo boʻylab 2011-yildan beri joriy qilingan oʻn ikkita turnirdan iborat[8]. Muvaffaqiyatli oʻyinchilar har yil oxirida oʻtkaziladigan Superseriya finaliga taklif qilinardi.
BWF Gran Prix
[tahrir | manbasini tahrirlash]BWF Gran Prix ikki darajaga ega edi, Gran Prix va Gran Prix Gold. Bu Badminton Jahon Federatsiyasi (BWF) tomonidan ruxsat etilgan va 2007 va 2017-yillar oraligʻida oʻtkazilgan badminton turnirlari seriyasi edi.
Grand Prix Gold turnirida eng kam mukofot fondi 120 000 AQSh dollari, Gran Prix turnirlarida esa eng kam mukofot fondi 50 000 AQSh dollarini tashkil etgan. Super Seriya turnirlarida sovrinni taqsimlash formulasi bir xil hisoblanadi.
Jahon reyting tizimiga koʻra, James jahon Gran Prix Gold va Gran Prix seriyasi uchinchi oʻrinni egallaydi.
Erkaklar juftliklari:
Yil | Turnir | Sherigi | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2009-yil | Malayziya Gran Prix Gold | Tan Bin Shen | Ku Kien Keat Tan Boon Heong |
11–21, 13–21 | Ikkinchi oʻrin egasi |
2009-yil | Avstraliya ochiq chempionati | Tan Bin Shen | Rupesh Kumar KT Sanave Tomas |
21–13, 21–11 | Gʻolib |
2010-yil | Hindiston Gran Prix | Tan Bin Shen | Muhammad Ahsan Bona Septano |
21–19, 15–21, 14–21 | Ikkinchi oʻrin egasi |
2012-yil | Gollandiya ochiq chempionati | Ong Soon Hock | Markis Kido Alvent Yulianto |
21–18, 13–21, 14–21 | Ikkinchi oʻrin egasi |
Yil | Turnir | Sherigi | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2010-yil | Hindiston Gran Prix | Ng Hui Lin | Liu Peixuan Tang Jinxua |
17–21, 17–21 | Ikkinchi oʻrin egasi |
- BWF Grand Prix Gold turniri
- BWF Grand Prix turniri
BWF International Challenge/Seriyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro Challenge Badminton Jahon Federatsiyasi tomonidan 2007-yilda roʻyxatdan oʻtgan. Xalqaro Challenge turnirida minimal mukofot puli 25000 AQSh dollarini tashkil etadi.
Erkaklar juftliklari:
Yil | Turnir | Hamkor | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|---|
2003-yil | Malayziya xalqaro | Ku Kien Keat | Xong Chieng Hun Lin Vun Fui |
15–7, 17–16 | Gʻolib |
2004-yil | Fransiya xalqaro | Ku Kien Keat | Yoaxim Fisher Nilsen Jesper Larsen |
15–6, 17–15 | Gʻolib |
2006-yil | Malayziya xalqaro | Mohd Zakriy Abdul Latif | Ong Soon Hock Tan Bin Shen |
26–24, 18–21, 15–21 | Ikkinchi oʻrin egasi |
2008-yil | Malayziya xalqaro | Ong Jian Guo | Go Vey Shem Lin Vun Fui |
19–21, 18–21 | Ikkinchi oʻrin egasi |
2012-yil | Mavrikiy xalqaro | Ong Soon Hock | Denneshsing Baboolall Yoni Luizon |
21–9, 21–10 | Gʻolib |
2012-yil | Argentina xalqaro | Ong Soon Hock | Cristian Araya Esteban Muxika |
21–14, 21–15 | Gʻolib |
2012-yil | Braziliya xalqaro | Ong Soon Hock | Phillip Chew Sattawat Pongnairat |
21–14, 21–14 | Gʻolib |
- BWF xalqaro tanlovi
- BWF xalqaro seriyasi
- BWF kelajak seriyasi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Players: Teik Chai Gan“. bwfbadminton.com. Badminton World Federation. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ „Gan Teik Chai“. www.youbad.net. 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
- ↑ „Teik Chai-Kien Keat grab maiden Open title“. www.thestar.com.my. The Star (Malaysia)|The Star. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ „Yonex Australian Open 2009 – Indian Doubles Miss Gold“. www.badzine.net. Badzine.net. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-aprel 2017-yil.
- ↑ „BADMINTON: Shama Aboobakar prend sa revanche“ (fr). www.lemauricien.com. Le Mauricien. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ „Kevin Cordon e Nicole Grether vencem o 27º Brasil Internacional de Badminton“ (pt). www.badminton.org.br. Confederação Brasileira de Badminton. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
- ↑ „BWF Launches Super Series“. Badminton Australia (15-dekabr 2006-yil). 6-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Yonex All England Elevated To BWF Premier Super Series Event“. IBadmintonstore. 2022-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2013-yil.