Gandimiyon shartnomasi
Gandimiyon shartnomasi -Rossiya qoʻshinlari 1873-yil bahorida Xivani egallagandan soʻng, 1873-yil 12-avgustda Rossiya bilan Xiva xoni Muhammad Rahimxon 2 oʻrtasida (Xiva yaqinidagi Gandimiyon (Gandumkon) qishlogʻidagi xonning yozgi begala) tuzilgan shartnoma. Shartnomaga koʻra, xon rus podshosining vassaliga aylandi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan mahrum etiddi. Amudaryoning oʻng qirgʻogʻidagi yerlar Rossiyaga oʻtdi va u yerda Amudaryo boʻlimi tashkil etilib, Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.Amudaryoning chap ruslar uchun qulay boʻlgan yerlarga oʻzlarining pristan (bandargoh)larini qurish huquqiga ega. Boʻlim boshligʻiga Xiva hukumatining faoliyatini kuzatib turish topshirildi. G. sh.ga binoan rus savdo kemalarining Amudaryoda erkin harakat qilishi uchun imtiyozli huquq berildi. Rus sanoatchi va savdogarlari butun xonlik hududida bojsiz savdo kilish, yer sotib olish, sanoat korxonalarini qurish huquqini oldi. Rus fuqarolarini mahalliy sudlar sud qilolmaydigan boʻldi. Bundan tashqari, xon Rossiya hukumatiga 2 mln. 200 ming soʻm tovon toʻlash majburiyatini oldi. Shunday qilib, G. sh. Xiva xonligini Rossiyaning mustamlakasiga aylantirib qoʻydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |