Ganja shartnomasi
Ganja shartnomasi - Rossiya bilan Eron oʻrtasida Ganja sh.da tuzilgan shartnoma (1735 y. 10 mart). Turkiyaga qarshi urushga tayyorlanayotgan rus hukumati Eron bilan ittifoq tuzishi lozim edi. U Darband va Boku sh.larini (atrofidagi viloyatlar bilan birga) Eronga oʻtkazdi. Eron hukumati shartnomaning 1-moddasiga muvofiq, Darband va Bokuni oʻzga davlatlar egallashidan saqlash majburiyatini oʻz ustiga oldi, 2-moddasiga binoan Turkiya bosib olgan yerlarning hammasi qaytarib olinguncha turklarga qarshi urushni davom ettirishi lozim edi. 3-moddada har ikkala tomon turklar bilan taraflardan birining manfaatiga zid keladigan hech qanday muzokara olib bormaslik va sulh shartnomasi tuzishda ham birgalikda qatnashish majburiyatini oldi. G. sh. Rossiyaning Eronda erkin savdo olib borishini taʼminlagan ilgarigi Rossiya va Eron bitimlarini ham tasdiqladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |