Kontent qismiga oʻtish

Gannibal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gannibal

Gannibalning Kapuya shahridan topilgan haykali. Neapol milliy muzeyi
Tavalludi mil. av. 247
Karfagen
Vafoti mil. av. 183
Vifiniya
Xizmatdagi yillari mil. av. 218 - 201
Qoʻmondonlik qilgan 2-Puni urushida Karfagen sarkardasi
Jang/urush 2-Puni urushi
Aloqa Gamilkar Barka

Gannibal, Ann i bal Barka (mil. av. taxminan 247 yoki 246, Karfagen — mil. av. 183, Vifiniya) —Karfagen sarkardasi. Gamilʼkar Barkanchnt oʻgʻli. 2-Puni urushi davri (218—201) da Alp togʻlaridan oshib oʻtib, Titsin, Trebbiya daryolari (218), Trazimen koʻli (217), Kanna (216) yaqinida rimliklar ustidan gʻalaba qozongan. Zama (Shim. Afrika) yonidagi jang (202) da Gannibal Rim qoʻshinidan magʻlubiyatga uchragan va Rim shartlari asosida sulh bitimi imzolashga majbur boʻlgan. Urushdan soʻng Gannibal Karfagenni boshkargan. Rimga qarshi yangidan urush ochishga tayyorgarlik koʻrayotganidan Rimdagilar xabardor boʻlib qolganlaridan xavfsiragan Gannibal Suriya podshosi Antiox III huzuriga qochib borib uning harbiy maslahatchisi boʻlgan. Antiox III Rimga qarshi urush (mil. av. 192— 188)da yengilgach, rimliklar Gannibalni berishni talab qilganlar. Gannibal Armaniston, soʻngra Vifiniyaga yashiringan. Vifiniya podshosi Prusiy Rim tazyiqi ostida Gannibalni ular qoʻliga topshirmoqchi boʻlganidan xabar topgan Gannibal zahar ichib oʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil