Kontent qismiga oʻtish

Garmoniyalash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Garmoniyalash - (qad. grek- ἁρμονία, lat- harmonia - aloqa, yozishmalar)

Bir ovozli kuyni hamohang akkord (koʻptovushlik)lar bilan boyitish, koʻp ovozli musiqaviy ijod turi. Garmoniya oʻquv fanida keng qoʻllanilayotgan mashqlardan. Oʻzga mualliflar (ayniqsa, xalq) kuylarini garmoniyalash kompozitordan yuksak did va mahorat talab etadi. Milliy kompozitorlik maktablarining yuzaga kelishida ham garmoniyalash muhim bosqich vazifasini oʻtaydi.

Germaniyada —I.S.Bax, L. Betxoven; Rossiyada — M. Balakirev, N. Rimskiykorsakov, A. Lyadov; Vengriyada — B. Bartok; Polshada — K. Shimanovskiy; Ukrainada — N. Lisenko; Armanistonda — Komitas; Qozogʻistonda — Ye. Brusilovskiy; Oʻzbekistonda — V. Uspenskiy, G. Mushel, M. Burhonovlar bu sohada oʻziga xos anʼana yaratganlar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Kon Yu., Nekotorie voprosi ladovogo stroyeniya oʻzbekskoy narodnoy pesni i yeyo garmonizatsii, T., 1979.