Garov huquqi
Garov huquqi (fuqarolik huquqida) — bir shaxsning majburiyatlarni taʼminlash uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov)ni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi xuquqiy meʼyorlar majmui. Oʻzbekistonda G.h. garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa — notarial tasdiqdangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa — roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Garovga oid huquqiy munosabatlar, jumladan: garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar, boshqa shaxsga oʻtganida garovning saqlanishi, garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan bosh-qa shaxs foydasiga voz kechish, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, garovga oluvchining hamda garovga qoʻyuvchining huquqlari, majburiyatlari va hokazo. Oʻzbekiston Respublikasi FK, Oʻzbekiston Respublikasi "Garov toʻgʻrisida"gi qonunining yangi tahriri (1998 yil 1 may) asosida tartibga solinadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |