Gas Project Development Central Asia
Qiyofa
Turi | gaz xizmatlari kompaniyasi |
---|---|
Ishga tushgan sanasi | 2003-yil 4-sentyabr |
Joylashuvi | Shveysariya |
Hududiy xizmati | Markaziy Osiyo |
Direktori | Philipp Machler |
Gas Project Development Central Asia – Shveysariyaning gaz xizmatlari kompaniyasi[1]. Markaziy Osiyodagi gaz konlarida faoliyat olib boradi. 2003-yil 4-sentyabrda Shveysariyada davlat roʻyxatidan oʻtgan. Rahbari – Philipp Machler. Bosh qarorgohi Shveysariyaning Baar shahrida joylashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-martdagi „2017-2021-yillarda uglevodorod qazib olishni koʻpaytirish dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida“gi PQ-2822-sonli qaroriga muvofiq, kompaniya hamkor tashkilotlar bilan birgalikda „Natural Gas Stream“ qoʻshma korxonasini tashkil etish vazifasi yuklangan[2]. Oʻzbekistondagi yirik „Gissarneftgaz“ qoʻshma korxonasining 45% ulushi kompaniyaga tegishli[3].