Gasteromitsetlar
Qiyofa
Gasteromitsetlar (yun. gasteros -meʼda, qorin va mykes — zamburugʻ) — bazidiyali zamburugʻlarning xolobazidiyalar kenja sinfiga mansub tartiblar guruhi. G.ning koʻpchiligi serchirindi tuproqlarda saprofit holda oʻsadi. Meva tanalari yopiq, yumaloq, tuxumsimon yoki anjirsimon boʻlib, tuproq ostida yoki tuproq ustida oʻtroq holda, airimlari esa maxsus oyoqchalar ustida joylashgan. Meva tanalari ichida behisob bazidiosporalar yetishadi; qobigʻi maʼlum joylaridan yoki umumiy holda yorilgach, sporalar atrofga tarqaladi. G.ga yer yulduzi (Geaster), yer xina (Bovista) misol boʻla oladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |