Kontent qismiga oʻtish

Gastrotsel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gastrotsel (gastro...va yun. koilia — boʻshliq), birlamchi ichak — koʻp hujayrali hayvonlar embrionida gastrulyatsiyaning invaginatsiya yoʻli bilan hosil boʻlish vaqtida shakllanadigan gastrula boʻshligʻi. Gastrotselning devori invaginatsiya boʻlayotgan birlamchi ektsudermadan vujudga keladi. Keyinchalik Gastrotsel definitiv ichak boʻshligʻiga aylanadi. Bir qator umurtqasiz hayvonlarda, suyakli baliqlarda, baʼzi yuksak umurtqali hayvonlarda Gastrotsel hosil boʻlmaydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil