Kontent qismiga oʻtish

Gavayi orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gavayi orollari, Sandvich orollari — Tinch okeandagi arxipelag. Orollar 3600 km ga cho‘zilgan 24ta vulkan orolidan iborat. Balandligi 4205 m. (Mauna-Kea uchgan vulkani). Eng yirik orollari: Gavayi (yarim orol)Gavayi, Maui, Molokai, Oaxu va boshqa Harakatdagi vulqon vulkanlar koʻp. Iqlimi tropik dengiz iqlim. Eng issiq oy — avgustning o‘rtacha temperaturasi 21— 25°, fevralniki 18—2G. O‘rtacha yillik yog‘in 3500–4000 mm. Daryolari kalta. Tuprog‘i qizil, qizil-qo‘ng‘ir, tog‘larda tog‘-o‘rmon qo‘ng‘ir tuproq. Nam tropik o‘rmonlar, quruq yon bag‘irlar esa savanna va butazorlar bilan qoplangan. 90% o‘simligi endemiklar hisoblanadi. Turizm va dam olish zonasi; iqlim kurortlari mavjud. Shaharlari: Xilo va Gonolulu. Orollari: Gavayi, Oaxu, Maui, Kauai, Nixoa, Neker, Lesyanskiy oroli, Meduey orollari kiradi. Gardner qoyalari bor. Atollari: Perl-end-Xermes, Kure, Jonston mavjud. AQShdan 3700 km g‘arbda, AQShga tegishli hudud boʻladi. Okeaniyaning shimolida joylashgan. AQSh hukumati tomonidan tashkillashtirilgan hudud. Gavayi orollari AQSh tarkibiga kiradi, ammo uning hududi hisoblanmaydi, AQSh bilan korporatsiyasilashmagan hudud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil