Kontent qismiga oʻtish

Gavial

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gavial (Gavialis gangeticus) — timsohlar turkumiga mansub tur. Tanasining uz. 6,6 m gacha, orqa tomoni qoramtir, qoʻngʻir-yashil; qorin tomoni sargʻish-yashil. Tumshugʻi uzun va ingichka, oldingi uchi kengaygan. Erkaklari tumshugʻining kengaygan uchida yumshoq toʻqimadan iborat oʻsimtasi boʻladi. Bu oʻsimta hind sopol tuvagiga oʻxshash boʻlganidan bu hayvonlarga gavial, yaʼni tuvak (ghara) degan nom berilgan. Tishlari uzun, ingichka va oʻtkir, yuqori jagʻida 27 ta, pastkisida 24 ta. Hindiston ya. o. va Myanmadagi Hind, Gang , Maxanadi, Brahmaputra, Kolodana daryo tizimlarida tarqalgan. Asosan baliqlar, baʼzan qushlar va mayda sut emizuvchilar, oʻlimtiklar bilan oziqlanadi. Hayotining koʻp qismini suvda oʻtkazadi. Urgʻochisi 40 tagacha tuxum qoʻyadi. G. odam uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi. Noyob tur sifatida Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil