Gaz bilan isitish
Gaz bilan isitish - binolarni isitish usullaridan biri. Bunda yonuvchi gazlarning issiqligidan foydalaniladi. Isitilgan havo yordamida markazlashtirilgan usudda isitish; gaz asboblari vositasida isitish va b. Birinchi usuldan iqlimi yumshoq joylarda foydalaniladi. Bu usulda gaz kaloriferna yonib, havoni ilitadi. Iliq havo moʻrilar orqali xonalarga beriladi. Ikkinchi usul — gaz asboblar vositasida isitishda yakka qizdirish asboblari, pechlar va qozonlardan foydalaniladi. Bunda ajraladigan yonish mahsulotlari xonadan shamollatish (ventilyatsiya) qurilmalari yordamida havo bilan birga chiqarib yuboriladi. Gigiyena jihatdan eng qulayi moʻrili gaz asboblari (maye, kaminlar) hisoblanadi. Turar joy binolari, jamoat va sanoat binolarini isitishda gazdan foydalanishning eng afzal tomoni shundaki, gazni yoqqanda ajraladigan yonish mahsulotlari havoni uncha ifloslantirmaydi, gaz isteʼmolchilarga quvurlar orqali keltiriladi, avtomatik va masofadan boshqarish qurilmalari gaz asboblarining xavfsiz ishlashini taʼminlaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |