Gaz razryadli asboblar
Qiyofa
Gaz razryadli asboblar - elektr razryadi hosil kilish uchun gaz yoki burdan foydalaniladigan elektr-vakuum asboblar. Ularga tok toʻgʻrilagichlari — simobli toʻgʻrilagichlar, gazotronlar, tiratron, ignitronlar; kuchlanish stabilizatorlari va boʻlgichlari; aloqa liniyalari va qurilmalaridagi oʻta kuchlanishdan saqlovchi razryadniklar; yorugʻlik manbalari: lyuminessent lampalar, gaz lampalari, elektr yoyi lampalari kiradi. G. r. a.ning katod va anodlari shisha yoki keramik ballonlar ichiga oʻrnatilib, usti yupqa metall qatlami bilan qoplanadi. Gaz razryadli yorugʻlik manbalari, gaz lazer va b. asboblar alohida guruhni tashkil qiladi (yana q. Ion asboblar).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |