Kontent qismiga oʻtish

Gaz sʼyomkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz sʼyomkasi — 1) gazeimon uglevodorodlarni aniqlashga asoslangan neft va gaz konlarini qidirib to-pish metodi. Neft va gaz uyumlaridan ajralib chiqqan gazeimon uglevodorodlarni ularni qoplab turgan qoplam orqali yer yuzasigacha boʻlgan migratsiyasiga asoslangan. Rus geologi V. A. Sokolov taklif qilgan. Yer yuzasiga sizib chiqadigan uglevodorodlarning miqdori oz boʻlishiga qaramay ular chuqurlikda neft va gaz uyumlari borligidan darak beradi. G. yeda gaz namunasi (tuproq ostidagi havodan) yoki 2—3 m chuqurlikdan togʻ jinsidan namuna olinib, soʻngra undan gaz ajratib olinadi. Olingan gaz namunasida metan, etan, propan va b. uglevodorodlar aniq-lanadi. Tahlil natijasida "gaz anomaliyasi", yaʼni uglevodorodlar konsentratsiyasining toʻplangan joyi aniqlanadi. Tekshirilayotgan maydondagi gaz anomaliyasi shu joyda neft va gaz koni borligining belgisi hisoblanadi.

2) Shaxta inshootlarida metanning ajralib chiqishi shiddatini aniqlash metodi. G. s. havodan olingan namunadan metan konsentratsiyasiii aniqlab va kon inshootidan oʻtayotgan havoning miqdorini oʻlchash bilan bajariladi. Koʻndalang va boʻylama G. s. maʼlum. Boʻylama G. yeda inshoot uzunligi boʻyicha gaz konsentratsiyasi va debitining oʻzgarishi aniqlanadi, koʻndalang kesimli G. s.da inshootning koʻndalang kesimi boʻyicha gaz konsentratsiyasining oʻzgarishi kuzatiladi. Qaytadan bajarilgan G. s. vaqt boʻyicha gazning ajralib chiqishi shiddatini oʻlchashimkoniyatini beradi. Bajarilgan ishlar natijasida G. s. haritasi tuziladi. Haritada neft va gaz uyumlari toʻplangan joylar shartli belgilar bilan koʻrsatiladi. Bu metod neft va gaz qidirish ishlarini ancha tezlashtirishi mumkin.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil