Kontent qismiga oʻtish

Gaz singdiruvchanlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gaz singdiruvchanlik - bosim oshganda yoki kamayganda jism orqali gaz oʻtishiga asoslangan qattiq jism xossasi. Qattiq jism tuzilishi va bosimlar farqi kattaligiga qarab, G. s.ning diffuzion oqim, molekulyar effuziya, laminar oqim xillari boʻladi.

Qattiq jismlar (maye, polimer plyonkalar yoki yopmalar)da gʻovaklar boʻlmaganda G. s.ning diffuzion oqim xili vujudga keladi. Bunda gaz qattiq jism chegara qatlamida erib, diffu-ziyalanadi va jiyemning boshqa tomonidan ajralib chiqadi.

G. s.ning molekulyar effuziya xilida gaz jism gʻovaklaridan sizib oʻtadi. Bu gʻovaklarning diametri gaz molekulalarining oʻrtacha erkin yugurish uzunligi X dan kichik boʻlishi kerak (bosim 10~3-N0~4 mm sim. ust. boʻlganda; 1 mm sim. ust.=133,322 N/m2).

Jism gʻovaklarining diametri erkin yugurish uzunligidan ancha katta boʻlganda G. s.niig laminar oqim xili vujudga keladi.

Moddaning G. s. koeffitsiyenta/’(m’/s-N yokism2/s-at; 1 sm2/s-at=1,0210-"m4/s-N) bosim bir birlikka kamayganda jismning gaz oqimiga tik boʻlgan yuza birligi orqali 1 s da oʻtgan gaz hajmi bilan tavsiflanadi. Koeffitsiyent R gaz tabiatiga bogʻliq. Quyida baʼzi mate-riallarning 20°S dagi 7*(sm2/s-at) qiymatlari berilgan:Metallar.............................10-18-10-’2Shisha.................................Yu-15—10-’°Polimerlar (plyonkalar) ... 10"12—10~5Suyuqpiklar.........................10~7—10~5Qogʻoz, charm.............................10—5—10Amorf polimerlar (kauchuklar) eng katta, kristall polimerlar (maye, polietilen) ancha kichik, shishasimon polimerlar juda kichik G. s. ga ega.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil