Kontent qismiga oʻtish

Gazli indikator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazli indikator (gaz va lot. indico — koʻrsataman, aniqdayman) — axborotlarni koʻrinadigan holga keltirib beradigan gaz toʻldirilgan nazorat asbobi. Unda asosan biqsima razryadnit katod sohasi nurlanishidan foydalaniladi. U katta (yuzlarcha va minglarcha nit) yorqinlik hosil qiladi. G. i.ning signalli, belgili, chiziqli, matritsali xillari bor. Signalli G. i. — neon indikator lampalari va kichik sath kuchlanish indikatorlari; bularda axborot nuqtalar yoki kichik yorugʻ sohalar tarzida koʻrinadi. Belgili G. i.da axborot yorugʻ elektrodlar hosil qiladigan belgilar tarzida koʻrinadi. Chiziqli G. i. — analog va diskret indikatorlar; bularda axborot yorugʻ ustuncha yoki nuqta tarzida koʻrinadi. Matritsali G. i.da axborot yassi ekranda nurlanib turadigan nuqtalar majmui tarzida koʻrinadi. G. i. texnika va turmushda, ilmiy tadqiqot ishlarida, avariya vaziyatlarining oddini olishda keng qoʻllanadi (yana qarang Indikator).

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil