Kontent qismiga oʻtish

Gazlift

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazlift, erlift (gaz va ing. lift — koʻtarmoq) — quduqqa tushirilgan quvur orqali suyuqlik (suv, neft)ni yuqoriga chiqarish qurilmasi. Siqilgan gaz yoki havo kompressor yordamida boshqa quvur orqali suyuqlikka yuboriladi, gaz yoki havo suyuqlik bilan aralashib, gaz-suyuqlik yoki suv-havo emulsiyasini hosil qiladi. Emulsiya ikkinchi quvur orqali yuqoriga koʻtariladi. Yuqorida separator yordamida neft yoki suv, gaz yoki havodan ajratib olinadi. G. suvni 200 m gacha, neftni 1000 m gacha koʻtarishi mumkin. Suyuqliklarni yuqoriga chiqarishning boshqa texnika vositalaridan foydalanish noqulay yoki mumkin boʻlmagan hollarda G. qoʻl keladi. Suyu klikni (asosan, suvni) yuqoriga koʻtarish uchun atmosfera havosidan foydalaniladigan koʻtargichlar ham bor. Ular erlift yoki mamut-nasoslar deb ataladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil