Kontent qismiga oʻtish

Gazpana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gazpana — aholini zaharli gazlar va radioaktiv moddalar taʼsiridan saqlash uchun moʻljallangan maxsus bino yoki inshoot. 1- va Ikkinchi jahon urushi davrida faqat gazdan saqlanishga moʻljallangan. Yadro quroli paydo boʻlgach, havoni zaharlaydigan gazdan boshqa zaharli moddalar ham koʻpaydi. Aholi, uy hayvonlari va parrandalarni shu moddalardan muhofaza qilish uchun maxsus G.lar qurishga ehtiyoj paydo boʻldi. Aholini zaharli moddalar taʼsiridan uzoqroq saqlab turish uchun G. germetiklanishi (havo kirmaydigan qilinishi) va ichida toza havo yetarli boʻlishi shart. G.ni germetiklash uchun devorlari va tomlari monolit yoki maxsus konstruksiyalardan quriladi, eshiklari zich qilib yasaladi. G. havosini almashtirib turish uchun filtrlaydigan shamollatish moslamasi qoʻyiladi

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil