Gedenbergit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gedenbergit (shved mineralogi L. Gedenberg nomidan; 19-asr) — piroksenlar guruhiga mansub mineral. G. — diopsid izomorf qatorining oxirgi hadi. Magniyga boy turi salit deb ataladi. Qoʻshimchalari Mp va Gʻe3+. Kimyoviy formulasi CaFe(Si2O6). Monoklin singoniyali. Rangi toʻq yashildan qrragacha. Yaltiroqligi shishasimon. Deyarli shuʼlasimon agregatlar, choʻziq prizmalar. G. bilan ilvait, magnetit, temirli granatlar, kalsit, epidot va b. birga uchraydi. Qattiqligi 5,5 — 6. S. of. 3,6. Ohaktoshli skarnlar, magnetitli konlarda uchraydi. Nurash natijasida kremniyli temir oxrasiga aylanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil