Geeta Bali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Geeta Bali
Tavalludi
Harikirtan Kaur

30-noyabr 1930-yil
Vafoti (aged 35)
Mumbay, Maharashtra, Hindiston
Fuqaroligi Hindiston, Britaniya Hindistoni va Hindiston ittifoqi
Faoliyat yillari 1950-1964
Turmush oʻrtogʻi
Shammi Kapoor (turm. 1955)
Bolalari 2 nafar

Geeta Bali (talaffuzi: Gita Bali; tugʻilgandagi ismi: Harkirtan Kaur; 1930-yil 30-noyabr — 1965-yil 21-yanvar) hind tilidagi filmlarda suratga tushgan hind aktrisasi edi.[1]

Yoshlik davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Geeta Bali 1930-yilda Britaniya Hindistonining Panjob viloyati, Amritsar shahrida Harikirtan Kaur ismi bilan tugʻilgan.[2] Uning katta opasi Xaridarshan Kaur, qizi esa aktrisa Yogeeta Bali edi.[3]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bari Behendan Geeta Balining portreti

Geeta Baali oʻzining kino faoliyatini 12 yoshida kichik aktrisasi sifatida „The Cobbler“ filmi bilan boshlagan. U Badnaamida (1946) qahramon sifatida debyut qilgan.[4] 1956-yilda Getta Bali Badnaami filmida qahramon sifatida, 1948-yilda Sohag Raat filmida Bharat Bhushan bilan birgalikda va 1849-yilda Neki Aur Badi filmida Madhubala bilan sheriklikda suratga tushgan. Bu ketma-ket chiqarilgan filmlar tomoshabinlar eʼtiborini tortgan.

Bali 1950-yillarda yulduzga aylandi. Bundan tashqari, u ilgari oʻzining boʻlajak qaynogʻi Raj Kapoor bilan Bawre Nain (1950) filmida va boʻlajak qaynotasi Prithviraj Kapoor bilan Anand Math filmida suratga tushgan. Kapoorlar oilasiga turmushga chiqqanidan keyin filmlardan voz kechgan boshqa aktrisalardan farqli oʻlaroq, Bali vafotigacha aktrisalik faoliyatini davom ettirdi. Uning soʻnggi filmi 1963-yilda Jab Se Tumhe Dekha Xay edi. Geeta 10 yillik faoliyati davomida 70 dan ortiq filmda suratga tushgan.

Bali Surinder Kapoorga prodyuser boʻlishiga yordam bergan.[5][6]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1955-yil 23-avgustda Gita Coffee House filmida birga ishlagan Shammi Kapoorga turmushga chiqdi.[7] Ularning ikki farzandi bor edi, oʻgʻlining ismi Aditya Raj Kapoor qizining ismi esa Yogeta Baali Kanchan.

Geeta 1965-yil 21-yanvarda 35 yoshida chechakdan vafot etdi.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Film Izohlar
1942 The Cobbler 12 yoshda kichik aktrisa
1946 Badnaami Bosh rol sifatida debyuti
1948 Sohag Raat Bharat Bhushan bilan
1949 Neki Aur Badi Madhubala bilan sheriklikda
1949 Dulari Madhubala bilan sheriklikda
1949 Badi Bahen Surayya, Rehman va Pran bilan sheriklikda
1950 Nishana Madhubala bilan sheriklikda
1950 Chhai Sunder ishtirokidagi panjob filmi
1950 Bawre Nain Raj Kapoor bilan
1951 Baazi Dev Anand bilan
1951 Ghayal Sheikh Mukhtar bilan
1951 Albela Bhagvan Dada bilan
1952 Jaal Dev Anand bilan
1952 Raag Rang Ashok Kumar bilan
1952 Anand math Pradeep Kumar bilan
1953 Baaz Guru Dutt bilan
1953 Jhamela Bhagvan Dada bilan
1954 Kashti Dev Anand bilan
1955 Jawab Nosirxon bilan
1955 Vachan Filmfare nominatsiyasi eng yaxshi aktrisa sifatida
1955 Kavi Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa nominatsiyasi
1955 Bara Dari Ajit bilan
1957 Coffee House Shammi Kapur bilan
1958 Jailor Sohrab Modi bilan
1958 Aji Bas Shukriya Suresh bilan
1961 Mr. India IS Johar bilan
1963 Jab Se Tumhe Dekha Xay Oxirgi filmi
1965 Rano Suratga olish toʻxtatilgan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dinesh Raheja. „Geeta Bali: That Amazing Vivaciousness“. Rediff.com. Qaraldi: 9-may 2018-yil.
  2. Adrian Room. Dictionary of Pseudonyms: 13,000 Assumed Names and Their Origins. McFarland, 26-iyul 2010-yil — 44– bet. ISBN 978-0-7864-4373-4. 2012-yil 22-aprelda qaraldi. 
  3. Saran, Sathya. Ten Years with Guru Dutt: Abrar Alvi's Journey (en). Penguin Books India, 2008 — 7, 43 bet. ISBN 978-0-670-08221-6. 
  4. Subodh Kapoor. The Indian Encyclopaedia: Gautami Ganga -Himmat Bahadur. Cosmo Publications, 2002 — 2575– bet. ISBN 978-81-7755-266-9. 2012-yil 22-aprelda qaraldi. 
  5. „Sonam Kapoor is a better actor than Anil“. Rediff.com (4-may 2009-yil). Qaraldi: 9-may 2018-yil.
  6. Pandya. „10 things you didn't know about Geeta Bali“. Cinestaan (21-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2018-yil.
  7. Ramesh Dawar. Bollywood Yesterday-Today-Tomorrow. Star Publications, 1-yanvar 2006-yil — 1– bet. ISBN 978-1-905863-01-3. 2012-yil 22-aprelda qaraldi.