Kontent qismiga oʻtish

Geksan

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Geksan, — toʻyingan uglevodorod, rangsiz suyuklik. Mol. m. 86,18. 5 ta izomeri bor. Normal G. ning suyuqlanish temperaturasi —95,32°, qaynash temperaturasi 68,74°, zichligi 659,4 kg/m3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Neftning benzin fraksiyasi va gazokondensatlar tarkibida boʻladi. Katalizatorlar ishtirokida 100—450° temperatura, 1,5—5 MPa bosimda izomerlanib izogeksanlar hosil qiladi. Izogeksanlar, shuningdek neftning ogʻir fraksiya lari, gazoyl va neft qoldiqdarini krekinglashda ham hosil boʻladi. Ular motor yonilgʻilarining komponenti, Geksaning oʻzi esa eruvchi hamda past temperaturalarda ishlatiladigan termometrlarda suyuklik sifatida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil