Gemmulalar
Gemmulalar (lot. Gemmula — mayda kurtakcha) — 1) koʻpchilik chuchuk suv govaktanlilari (bodyaga) va ayrim dengiz gʻovaktanlilarining qishki tinim holatidagi ichki kurtaklari. Gʻovaktanlilar mezogleyi oziq moddalarga boy, diametri 0,3 mm keladigan amyobasimon hujayralarning sharsimon tuplamidan iborat. G. kremnezem (qumtuproq)dan iborat spikulalar, yaʼni amfidisklar bilan mustahkamlangan ikki qavat muguz (spongin) qobiq bilan oʻralgan. Ikkala qavat oʻrtasida havo saqlovchi boʻshliq, qobiq sirtida esa yupqa parda bilan yopilgan chiqarish teshikchasi boʻladi. Bahorda G. poʻsti yorilib, uning ichidagi hujayralar tashqi muhitga chiqadi va suv tubiga yopishib, yangi gʻovaktanlilarni hosil qiladi. Suv oqimi va suv hayvonlari orqali tarqaladi; 2) Ch. Darvinning pangenezis nazariyasi boʻyicha irsiyatning gipotetik birligi (eng kichik zarrachasi).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |