Kontent qismiga oʻtish

Gemolimfa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gemolimfa (gemo... va limfa) — ochiq qon aylanish sistemasiga ega boʻlgan umurtqasiz hayvonlar (boʻgʻimoyoqlilar, mollyuskalar)ning qon tomirlari va hujayralararo boʻshliqlarida aylanib yuradigan suyuqlik. G.da oqsillar, koʻpincha nafas pigmentlari (gemoglobin, gemotsianin), fagotsitlar, baʼzan eritrotsitlar boʻladi. G. oziq moddalar, koʻpincha kislorodni hujayra va toʻqimalarga yetkazib berib, moddalar almashinuvi natijasida hosil boʻladigan parchalanish mahsulotlarini olib chiqib ketadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil