Kontent qismiga oʻtish

Gemosiderin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Gemosiderin - tarkibida temir saqlovchi ferritin molekulasining oqsil qismida ortiqcha temir yigʻilishidan hosil boʻlgan modda. Gemosiderin suvda yomon eriydi va tarkibida 37% gacha temir saqlaydi. Gemosiderin granulalarining jigar, oshqozon osti bezi va taloq toʻplanishi ayni a'zolarni shikastlanishiga va gemoxromatoziga olib keladi. Gemoxromatoz irsiy ravishda temir moddasining koʻo soʻrilishi bogʻliq boʻlishi mumkin, bunday bemorlarda temir miqdori 100 grammgacha yetishi mumkin. Gemosiderinning oshqozon osti bezida toʻplanishi Langergans orolchasining betta hujayralari yemirilishiga olib keladi va oqibatda bunday bemorlar qandli diabet kasaliga chalinishadi. Gemosiderin moddasini gepatotsitlarda toʻplanishi jigar serroziga, kardiomiotsitlarda toʻplanishi esa yurak qon tomir yetishmovchiligi kasalliklariga olib keladi. Irsiy gemoxromatoz kasalligiga chalingan bemorlarni holatiga koʻra doimiy har hafta yoki oyda qon chiqarib turish bilan davolashadi. Gemoxromatozga koʻp qon quydirish ham sabab boʻladi bunday bemorlarni dorilar bilan davolashadi.