Gemotokrit koʻrsatkich
Gemotakrit koʻrsatkich (inglizcha: PCV) - umumiy qon hajmida eritrotsitlarning egallagan hajmiga hisoblanib, u qonga antikoagulant oksalat qoʻshib gemotakrit probirkasi yoki Wintrob trubkasida 30 minut sentrifugalash orqali aniqlanadi. Natijada RBC (qizil qon tanacha) lar pastki qismga, plazma yuqori qismda ajraladi. Ularning orasidagi 1% hajmda WBC (oq qon tanachalar) va trombositlar “tiniq belbog” hosil qiladi. Erkaklarda bu koʻrsatkich 45% ayollarda esa 42%ni tashkil qiladi.[1][2][3]
Haqiqiy gemotakrit
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haqiqiy gemotakrit koʻrsatkichi 0,98ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. Bunga sabab esa taxminan 2% plazma hujayralar orasida tarqalgan boʻladi.[3]
Tana gemotakriti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tana gemotakriti katta va kichik qon tomirlarida boʻlganligi sababli, biroz boshqacharoq aniqlanadi. Aniqlangan gemotakritni 0,87 ga koʻpaytirish orqali aniqlanadi. (Kichik tomirlarda gemotakrit kichikroq, kattalarida kattaroq boʻladi).[2]
RBC lar uchun asosiy oʻrtacha indekslar: son – 5mln , gemotakrit – 45% va Hb 15g/dL. RBC lar hajmini aniqlash formulasi MCV=PCV x 10 / RBC soni (1mm3 dagi) Normal MCV 90mkm3 boʻladi (78-94 oraligʻida). Yuqorida aytilganidek normadan kichrayishi mikrositoz, kattalashishi makrositoz deyiladi.[2]
Oʻrtacha gemoglobinini aniqlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hujayraning oʻrtacha gemoglobinini aniqlash: 1L qondagi gemoglobin miqdorini 1L qondagi eritrotsitlar soniga boʻlib aniqlanadi. Normal MCH = 30pg (27-33 oraligʻida). Normadan oshish sferositoz va megaloblastik anemiyada kuzatiladi.[2]
Hujayraning Hb ga hajm birligida toʻyinganligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hujayraning Hb ga hajm birligida toʻyinganligi: 100ml qondagi Hb miqdorining 100ml qondagi gemotakrit koʻrsatkichga boʻlib aniqlanadi. Normada 33,3% ni tashkil qiladi (30-38% orasida). va bu hajm birligida toʻyinganlik Normoxromik RBC deb nomlanadi. Meʼyordan kam boʻlgan hollar esa Fe tanqislik anemiyasida uchraydi va gipoxromik RBC deb nomlanadi. 38% dan yuqori hollar juda kam uchraydi, bunday holat boʻlganda ham hujayra tez nobut boʻladi. Sabab, hujayra maksimal toʻyinganlik darajasidan ortiq Hb saqlayolmaydi. (Bu koʻrsatkich klinikada keng qoʻllanadi).[1][2]
Rang koʻrsatkich
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rang koʻrsatkich (RK): Hb % miqdorining RBC % miqdoriga nisbatini anglatadi. (Hb uchun 100% 14,8gr/dL ga, RBC uchun 100% 5mln/mm3 ga teng). Masalan, Hb miqdori 14,8g/dL boʻlganda 100% deb olsak, RBC soni 4,5mln boʻlganda 4,5/5=0,9 yaʼni 90% boʻladi. RK=100/90=1,11 koʻrinishida boʻladi. Normada RK 0,85dan 1,15 oraligʻida boʻladi.[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |