Gempshir qoʻy zoti
Gempshir qoʻy zoti — yarim mayin junli qoʻy zoti. 19-asrning 1-yarmida Buyuk Britaniyadagi Xempshir (Gempshir), Uiltshir va b. grafliklarda mahalliy dagʻal junli va duragay qora boshli qoʻylarni sautdaun zotlari bilan chatishtirib chiqarilgan. Qoʻchqorlarining gavdasi yirik, shoxi yoʻq, ogʻirligi 100—110 kg, sovliqlarini-ki 65—70 kg. Jun tolasi uz. 8—10 sm (asosan trikotaj mahsulotlari tayyorlanadi, qoʻzilarining juni juda qadrlanadi). Qoʻchqorlari 5—6, sovliqlari 3—4 kg jun beradi. Har 100 qoʻydan 120—140 qoʻzi olinadi. Qoʻylari tez yetiladi. Gusht yetishtirish uchun 9—11 haftalik qoʻzilari soʻyiladi (15—16 kg). Bu zot Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH va b. mamlakatlarda boqiladi. MDHda ayrim qoʻy zotlarini chiqarishda G. q. z.dan foydalanilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |