Genokopiya
Genokopiya (gen... va lot. copia — koʻp) — har xil genlarning allellari tomonidan nazorat qilinadigan fenotipning bir xildagi oʻzgarishi. G. kelib chiqishining sababi belgilarning koʻp genlar tomonidan boshqarilishidir (qarang Genlarning oʻzaro taʼsiri).
Hujayrada molekula biosintezi koʻp bosqichda amalga oshishi tufayli bitta — biokimyoviy yoʻlning turli bosqichlarini nazorat qiluvchi har xil genlarning mutatsiyalari bir xil natijaga, yaʼni reaksiya zanjiri yeoʻnggi mahsulotining hosil boʻlmasligiga, binobarin, fenotipning bir xilda oʻzgarishiga olib kelishi mumkin. Mac; drozofila pashshasining har xil xromosomalarida joylashgan genlar resessiv allellarining har biri mustaqil ravishda koʻzning aynan oʻsha bir xil yorqinqizil rangini taʼmin etadi. Bunda resessiv allellarning har biri qoʻngʻir pigment sintezining bosqichlaridan birini buzgan boʻladi. G. muammosi tibbiyot genetikasida aktual hisoblanib, agar ota-onalar oʻxshash kasalliklarga ega boʻlishsa, u holda ularning avlodlarida irsiy kasallikning namoyon boʻlish ehtimolligini oldindan aytib berish imkonini beradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |