Geografik landshaft
Geografik landshaft - Yer geografik qobigʻining tabiiy taraqqiyot davomida vujudga kelgan va oʻz tabiati bilan boshqa joylardan farq qiladigan qismi. Keng maʼnoda geografik yoki tabiiy hududiy majmua (mas, tayga zonasi, shu zonaning ayrim provinsiyasi yoki rni, botqoqlik hudud va hokazo); baʼzan geografik landshaft terminiga tipologik maʼno ham beriladi (tayga landshaf-ti, botqoklik landshafti deganda oʻz tabiatiga koʻra oʻxshash, lekin bir-biridan uzoqda boʻlgan joylar tushuniladi). Tor maʼnoda geografik landshaft kelib chiqishi va taraqqiyot tarixiga koʻra bir xil, geologik fundamenta bir butun, relyefi bir tipda, iqlimi umumiy, gidrotermik sharoiti, tuproqlari, biotsenozlari oʻxshash boʻlgan muayyan hudud. Shu maʼnoda geografik landshaft tabiiy geografik rayonlashtirish kategoriyalaridan biri. Landshaftlar haqidagi taʼlimotni rivojlantirishga L. S. Berg salmoqli hissa qoʻshgan geografik landshaftni oʻrganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki kishilik jamiyatining xoʻjalik faoliyati umuman geografik muhitda emas, balki muayyan geografik landshaftda oʻtadi (qarang Madaniy landshaft). Har bir geografik landshaftning tuzilishini moddalar va energiya almashinishi jarayonlari aniqlaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |