Geografik majmua
Geografik majmua - barcha tabiat komponentlari (togʻ jinsi, relyef, iqlim, yer osti va yer usti suvlari, tuproq, oʻsimlik va hayvonot dunyosi) oʻzaro qonuniy uzviy aloqada va aks taʼsirda boʻlib turadigan, muayyan makon va zamonda uygʻunlashgan tabiiy hosila. Obyektiv mavjud regional va zonal taksonomik birliklar (geografik qobiq, qitʼa (quruqlik), okean (suv muhiti), yoritilish va iqlim mintaqalari, tabiat zonalari, oʻlka, rayon, landshaft, joy tipi, fatsiya) Geografik mahmua. Eng yirik Geografik majmua geografik qobiq boʻlsa, eng kichigi fatsiya hisoblanadi. Geografik majmualar oʻzaro va uning komponentlari oʻrtasida modda va energiya doimo almashinib turadi. Geografik majmua (landshaft)ning birorta komponenti uzgarsa, boshqa komponentlari ham oʻzgaradi, sifat va miqdor jihatdan yangi Geografik majmua shakllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |