Geografik nomlar
Qiyofa
Geografik nomlar, toponimlar – Yer yuzasidagi geografik obyektlarning atoqli nomlari. Toponimlar orasida
- hududlar nomi – xoronimlar (Osiyo, Movarounnahr, Orolboʻyi),
- suv – gidronimlar (Orol dengizi, Amudaryo),
- relyef – oronimlar (Zarkosa togʻi, Qamchiq dovoni),
- aholi turar joylari – oykonimlar (Toshkent shahri, Samarqand shahri, Goʻzalkent qishlogʻi) va boshqa nomlar farq qilinadi.
Geografik nomlar vujudga kelgan vaqti, qaysi tilga mansubligi, mazmuni va tuzilishiga koʻra bir-biridan farq qilgani holda juda barqarordir. Geografik nomlarda geografik sharoitlar, tarix, til, madaniyat, sivilizatsiya va boshqa omillar aks etgan boʻladi. Geografik nomlarni toponimika tadqiq qiladi.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |