Geografik zonallik
Geografik zonallik — Yer geografik (landshaft) qobigʻining differensiatsiya qonuniyati. G. z. turli landshaft tiplarining qutbdan ekvatorga tomon almashinib, turli geografik mintaqalar, geografik zonalar va zonachalar hosil boʻlishida oʻz aksini topgan (qarang Tabiiy geografik zonalar). Ular birinchi navbatda geografik kenglikka bogʻliq ravishda Yer yuzasiga tushayotgan quyoshning nurli energiyasi miqdorining oʻzgarishiga bogʻliq. G. z. iqlimiy, gidrologik, geokimyoviy va geomorfologik jarayonlarga, tuproq va oʻsimlik qoplamiga va hayvonot dunyosiga, qisman choʻkindi jinslar hosil boʻlishi kabi koʻpchilik komponentlar va tabiiy-hududiy majmualarga xos. Ekvatordan qutblarga tushayotgan quyosh nurlari burchagining kamayishi kenglik radiatsion mintaqalarni — issiq mintaqa, 2 moʻʼtadil va 2 sovuq mintaqani vujudga keltiradi. Har bir geografik mintaqa va sektorga zonalar toʻplami va ularning izchilligi xos. G. z.ning yirik tabiiy majmualari asosiy differensiatsiyasi qonuniyat sifatida dastlab 1898-yil V. V. Dokuchayev tomonidan aniqlandi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |